O‘zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksida (Index of Economic Freedom) 14 pog‘onaga yaxshilanib 86-o‘ringa ko‘tarildi
Jahon bankining 2026-yilgi «Ayollar, biznes va qonun indeksi» hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 43 pog‘onaga yuqorilab, 82,10 ball bilan 190 ta davlat orasida 48-o‘rinni egalladi
Jahon banki tomonidan e’lon qilib boriladigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksi (GovTech Maturity Index, GTMI) 2025 natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 9-o‘rinni egalladi.
2025-yilning 22-aprel kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Statistika Komissiyasining 2026-2029 yillarga a’zo davlatlarini saylash jarayonida tarixida ilk marta O‘zbekiston ushbu organ a’zosi etib bir ovozdan saylandi.
O‘zbekiston BMTning elektron hukumatlar rivojlanish darajasi bo‘yicha reytingida 6 pog‘ona yuqorilab, 193 davlat orasida 63-o‘rinni egalladi. Uning elektron hukumatning rivojlanish indeksi 0,79 ni, past va o‘rta daromadli mamlakatlar orasidagi ko‘rsatkichi esa 0,76 ni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq maʼlumotlar reytingida 66 ball bilan (https://odin.opendatawatch.com/Report/countryProfileUpdated/UZB?year=2022) 40-o‘ringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi.
Butunjahon shaxmat olimpiadasining final bosqichida O‘zbekiston Gollandiya terma jamoasini mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti talabasi MDH davlatlari o‘rtasidagi xalqaro tanlovda «Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.



