Ona-Vatan himoyasi uchun jon fido qilgan o‘g‘lonlar yodi hamisha xalqimiz xotirasidadir! Xalqimizning bunday o‘tyurak farzandlari xotirasi manguga muhrlangandir.
Darhaqiqat, muxtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan 9 may - Xotira va Qadrlash kuni - umumxalq bayramiga aylantirilgani ming-minglab keksa-yu yoshlarimizning ayni ko‘ngillaridagi ish bo‘ldi.
Shu sababdan ham ananaviy tarzda xar yili munosib nishonlanib kelinayotgan Xotira va Qadrlash kuni avvalo fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 70 yilligi bilan uyg‘unlashgan holda yurtimizda urushqatnashchilari hamda o‘sha suronli yillarda front ortida og‘ir mehnat qilgan otalarimiz, onalarimiz, bobo va buvilarimizni xurmatlash va e'zozlash ham demakdir.
Albatta, bugungi kunda Ikkinchi jaxon urushida ishtirok etganlar barmoq bilan sanarli qoldi va ularning yoshi o‘rtacha 95 yoshdir. Qolaversa, front ortida yosh bola bo‘la turib mehnat qilganlar ham bor.
Shu bilan birga, mustaqil Vatanimizning tinchligiga putur etkazish, yurtimiz xavfsizligiga taxdid qilgan tashqi kuchlarga qarshi janglarda munosib kurashganlar jasorati-yu, halok bo‘lganlar yodi ham bugun sizu biz tomonimizdan ulug‘lanmoqda. Zero, shunday o‘tyurak, fidoyi insonlar bor ekan, yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi saqlanib kelinmoqda.
Quvasoy shaxar hokimi A.T.Ziyavitdinov boshchiligida viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik M.Qodirov, Sharqiy xarbiy okrug qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik B.O‘rolboev, shaxar Mudofaa bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik X.Yo‘lchiev, xarbiy xizmatchi Sh.Maxmudov, shaxar yoshlarining vakillari, "Sufon" QFY faollari birgalikda Sufon qishlog‘ida yashagan, Surxondaryo viloyatining tog‘li xududlariga suqilib kirgan terrorchilarga qarshi janglarda mardlarcha halok bo‘lgan Qaxramonjon Madolimovning xonadoniga tashrif buyurdilar. Qaxramonjonning turmush o‘rtog‘i Zuxra opa mexmonlarni samimiy kutib oldi. Shaxar xokimi bir piyola choy ustida shaxrimizda, viloyatimizda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, bugungi tinchlik zamonimizning bosh sababchilaridan biri, janglarda mardlik namunalarini ko‘rsatib xalok bo‘lgan Qaxramonjon Madolimov kabi hamyurtlarimiz ekani xaqida gapirib uning jasoratini yodga oldi va Zuxra opaning oila a'zolarini bayram bilan qizg‘in tabrikladi. Qaxramonjonning oila a’zolarini bugungi quvonch va tashvishlarini so‘rab-surishtirdi.
Qizg‘in suhbat chog‘ida marhum Qahramonjon Madolimovning oila a’zolariga qimmatbho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ajdodlarimiz azal-azaldan yurtiga, xalqiga bo‘lgan muhabbat va sadoqatini amalda isbotlab kelgan. Bunga Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi ajdodlarimizning jasorati tarixiy misol bo‘lsa, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida sodir bo‘lgan voqealar chog‘ida orzularga to‘la umrlarini Vatan himoyasiga baxshida etgan, hayotining so‘nggi daqiqalarigacha o‘z xalqi, Prezidenti va Harbiy qasamyodiga sodiq qolgan Bobur G‘aniev, Qahramon Madolimov, Ulug‘bek Barnoev, Sayyor Sadinov, Alisher Salimov kabi yoshlarning qahramonliklari vatanparvarlikka yorqin misol bo‘ladi. Ushbu jasur o‘g‘lonlarning qahramonliklari mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani, ajdodlarimizning muqaddas an’analari ishonchli qo‘llarda ekanidan darak beradi.
Manba: www.quvasoy.uz, mv-vatanparvar.uz