Mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligi arafasida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Farg‘ona viloyat markazida Teatr-konsert saroyi bunyod etildi. U 2014-yilning 6-dekabr kuni tantanali ravishda ochildi.
Mazkur san’at saroyi 1 000 o‘rinli bo‘lib, milliy va zamonaviy me’morchilik an’analarini o‘zida uyg‘unlashtirgan. Eshik va ustunlari sharqona naqshlar bilan bezatilgan.