Oksana Chusovitina

Sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya chempioni, Osiyo o‘yinlari va "Jahon yulduzlari" xalqaro musobaqasining sovrindori. Oksana Chusovitina Ginnes rekordlar kitobida qayd etilgan.

Oksana Chusovitina - 1975 yilning 19 iyunida Buxoroda tug‘ilgan. Sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya chempioni, Osiyo o‘yinlari va "Jahon yulduzlari" xalqaro musobaqasining sovrindori. «Do‘stlik» va “El-yurt hurmati” ordenlari, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oksana Chusovitina 7 yoshidan boshlab gimnastika bilan shug‘ullangan. Noyob iqtidori, tirishqoqligi bilan mutaxassislar nazariga tushgan va 1986 yili Toshkentdagi respublika olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtiga taklif etilgan. Bu maskanda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Svetlana Kuznetsovadan gimnastika sirlarini qunt bilan o‘rgangan.
Mamlakat chempionatlarida ketma-ket muvaffaqiyat qozongach, 1990 yili u terma jamoa safiga chaqirildi. O‘tgan o‘n yil davomida dunyoning eng sara gimnastikachilari ishtirokidagi barcha nufuzli musobaqalarda ishtirok etdi va ularning ko‘pchiligidan sovrinlar bilan qaytdi.

1992 yili Barselona Olimpiadasida jamoa tarkibida oltin, 1994 yili Osiyo o‘yinlarida 2 ta bronza, 1995 yili jahon kubogida bitta oltin va 2 ta bronza, 1997 yili "Jahon yulduzlari" xalqaro musobaqasida 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Sport gimnastikasida uzoq yil musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashish sportchidan katta iroda va jasorat talab qiladi. Oksana ana shunday matonatli sportchilarimizdandir.
Oksana Chusovitina Olimpiya o‘yinlarida yetti bor qatnashgan O‘zbekistonlik yagona sportchidir.

O‘zbekiston sportini rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun Oksana Chusovitina Vatanimizning "Do‘stlik" va “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба