O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ratifikatsiya qildi

1991-09-30

1991-yil 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining navbatdan tashqari VII sessiyasi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ni ratifikatsiya qildi.

1991-yil 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining navbatdan tashqari VII sessiyasi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ni ratifikatsiya qildi. Ushbu Deklaratsiya mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan birinchi xalqaro hujjatdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining "Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari" deb atalgan 2-boʻlimi mazkur Deklaratsiya talablariga toʻla mos bo'lib, unda Oʻzbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng huquq va erkinliklarga ega boʻlishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oddida tengligi taʼkidlab o'tilgan.

Deklaratsiya O'zbekiston Respublikasida inson huquqlari himoya qilish borasida jahon andozlariga mos huquqiy tizim ishlab chiqish uchun tamal toshi vazifasini bajardi. Shu kungacha Respublikada inson huquqlarini himoya qilishga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan. Inson huquqlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni taʼminlovchi milliy institutlar — Inson huquqlari bo'yicha Oliy Majlis vakili Ombudsman, O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlarini monitoring qilish instituti va boshqalar faoliyat olib bormoqdalar.

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба