O‘zbekiston uzoq umr ko‘ruvchilar soni bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egalladi
2015-08-28
O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan odamlar qariyb 9 ming nafarni tashkil etmoqda va mazkur ko‘rsatkich bilan mamlakatimiz MDH va Boltiq davlatlarini ortda qoldirib, dunyoda 6-o‘rinni band etdi.
100 yoshdan oshgan insonlar yashovchi mamlakatlar borasidagi tadqiqot “Elvisti” (Ukraina) axborot markazi tomonidan elektron OAVlar tomonidan tarqatilgan so‘nggi bir yarim yildagi materiallar asosida o‘tkazilgan. Unda 4,5 mln material monitoring qilingan.
O‘zbekiston ushbu reytingda Yaponiya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Italiya kabi davlatlardan keyingi o‘rinni band etgan.
Shunga qaramay, uzoq umr ko‘ruvchilarning aholi soniga nisbati jihatidan mamlakatimiz kuchli uchlikdan o‘rin egallagan.