Yaponiya bilan Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolandi
2002-09-04
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil may oyida Yaponiyaga tashrifi davomida Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolandi
2003 yilda havo qatnovi sohasida va 2008 yilda investitsiyalar to‘g‘risida qabul qilingan bitimlar ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yaponiya Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yil Yaponiyadan O‘zbekistonga 17 milliard 790 million ien miqdorida mahsulotlar, asosan, avtomobillar va rezina buyumlari eksport qilingan. O‘zbekistondan Yaponiyaga eksport hajmi esa 2 milliard 910 million ienni tashkil etgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Yaponiyaning 17 kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni paytda ikki mamlakat iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitalarining o‘n ikki qo‘shma majlisi va to‘rtta biznes-forumi o‘tkazilganini ta’kidlashni istardim. Shuningdek, O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash masalalari bo‘yicha ham hamkorlik qilinmoqda.