Mirjalol Qosimov

1970 yilning 17 sentabrida Toshkent shahrida tug’ilgan. Futbol bo’yicha o’smirlar o’rtasida jahon va Yevropa chempioni. XII Osiyo o’yinlari g’olibi. Mirjalol katta futbolga yo’lni mahalla futbolidan boshlagan. 1985-1986 yillarda Moskvadagi oliy futbol maktabida tahsil ko’rdi.

Bolaligida tengkurlari orasida o’z iste’dodi bilan ajralib turgan Mirjalolni "Chig’atoy" futbol maktabiga qabul qilishdi. Bu yerda Mirjalol xizmat ko’rsatgan sport ustozi Yuriy Gospodarchuk ta’limini oldi. 14 yoshidan boshlab sobiq ittifoq o’smirlar terma jamoasi tarkibida o’ynadi. 1985-1986 yillarda Moskvadagi oliy futbol maktabida tahsil ko’rdi.

Mirjalol Qosimov 1986 yili o’smirlar terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatida ishtirok etdi va oltin medalni qo’lga kiritdi. 1987 yili Yevropa chempioni bo’ldi.

1987-1991 yillarda u Toshkentning "Paxtakor" jamoasi sharafini himoya qildi.

1992 yili Vladikavkazning "Alaniya" jamoasi tarkibida Rossiya chempionatining kumush medalini qo’lga kiritdi. 1993 yili "paxtakor"chilar safida O'zbekistan kubogi sohibi bo’ldi va mamlakatning eng kuchli futbolchisi deya e’tirof etildi.

Mirjalol Qosimov Yaponiyaning Xirosima shahrida bo’lib o’tgan XII Osiyo o’yinlarida (1994 yil) O'zbekistan terma jamoasi tarkibida o’ziga xos mahorat bilan betakror o’yin ko’rsatib, chempionlikka musharraf bo’lgan. 1995 yili esa "Alaniya" futbol jamoasi tarkibida Rossiya chempionatida oltin, 1996 yili kumush medalga sazovor bo’ldi.

Mirjalol Qosimov "Paxtakor" futbol jamoasi tarkibida mamlakat chempioni, O’zbekistonning eng kuchli to’purari, eng yaxshi futbolchisi (1998 yil), degan sharafga erishgan.

Mirjalol Qosimov chet el klublari tarkibida ham O'zbekistan futbol maktabining o’ziga xos jihatlarini namoyish etib, eng yaxshi futbolchilar safidan o’rin olib kelmokda.

«Shuhrat» medali (1994), «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni (2004) bilan mukofotlangan.

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба