«O'zbekiston Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlari, onalik va bolalikni himoya qilish, ta’lim tizimini takomillashtirishda ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyatlar barqaror va inson manfaatlariga yo'naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasidir».
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun
«Tinchlik-osoyishtalik, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot, ta’lim va yoshlar masalasiga e’tibor sport rivojida muhim ahamiyat kasb etadi, ana shunday muhit va sharoit tufayli O‘zbekistonda sport jadal rivojlanib bormoqda».
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax
«Musiqa har birimizni to’lqinlantiradigan va turli millatlarni jipslashtiradigan noyob qudratga ega. Shu nuqtai nazardan «Sharq taronalari» xalqlarni yaqinlashtirish, bag’rikenglikni mustahkamlash va madaniyatlarni boyitishga xizmat qiladi».
YUNESKO Bosh direktorining xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari Erik Falt
«Aviatsiya transportida yuk tashish hajmi 126 million 300 ming tonna-kilometrni tashkil qildi yoki 2013 yilga nisbatan 8,5 foizga oshdi. 2014 yilda «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi dunyodagi 270 dan ortiq aviakompaniyani o’zida birlashtirgan Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining (IATA) teng huquqli a’zosi bo’ldi». Islom Karimov
«Amalga oshirilayotgan keng ko’lamli chora-tadbirlar natijasida bugun O’zbekistonda fuqarolik jamiyati insitutlari jamoatchilik tomonidan keng qo’llab –quvvatlanmoqda, demokratik davlat barpo etishda aholining faol ishtiroki ta’minlamoqda, fuqarolarning erkinligi va manfaatlarini himoya qilishga ko’maklashmoqda».
Jons Xopkins universiteti qoshidagi Fuqarolik jamiyatini o’rganish markazi katta tadqiqotchisi V.Sokolovski
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба