HAZRATI IMOM MAJMUASI2007-yil boshida Prezidentimiz Farmoni bilan Hazrati Imom (Hastimom) jamoatchilik jamg‘armasi tashkil etilib, Hazrati Imom majmuasining asl tarixiy qiyofasini tiklash maqsadida bu yerda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash va obodonchilik ishlari olib borildi. |
YOShLAR MADANIYAT VA SAN’AT MARKAZIYoshlar madaniyat va san’at markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 14 avgustdagi “Yoshlar madaniyat va san’at markazi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 232-son qaroriga asosan davlat unitar korxonasi shaklida, yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan. |
TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi. |
MA'RIFAT MARKAZI2011-yili poytaxtimizda shaharsozlik madaniyatining yana bir noyob namunasi – Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini birlashtirgan «Ma’rifat markazi»ning bunyod etilishi bu boradagi ezgu ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu muhtasham saroyda 2011-yil 26-noyabrda bo‘lib o‘tgan ilk xalqaro simpozium O‘zbekistonda sog‘lom avlodni tarbiyalashning milliy modeliga bag‘ishlangani ham katta ramziy ma’no va tarixiy ahamiyatga egadir. |