Sidney Olimpiadasida Muhammadqodir biri-biridan qiyin "jang"larda raqiblari ustidan g‘alaba qozondi va yozgi Olimpiya o‘yinlarining birinchi chempioni sifatida uning nomi Mustaqil O‘zbekistonimizning sport tarixiga zarhal harflar bilan yozildi.
1973 yilning 15 noyabrida Andijon viloyatida tug‘ilgan. Boks bo‘yicha Osiyo va jahon chempioni, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari g‘olibi. "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi", "O‘zbekiston iftixori" faxriy unvonlari, "El-yurt xurmati" ordeni hamda "Shuxrat" medali bilan taqdirlangan. 1999 va 2000 yillarda mamlakatimizda "Yilning eng yaxshi sportchisi" deb topilgan.
Muhammadqodir 13 yoshidan boshlab boks bilan shug‘ullangan. 1990-1991 yillarda o‘smirlar o‘rtasida mamlakat birinchiliklari g‘olibi bo‘lgan.
Andijondagi olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida avval Lochinbek Qo‘chqorov, so‘ngra taniqli murabbiylar Mars Qo‘chqorov va Aleksandr Razmaxov rahbarligida o‘z mahoratini oshirgan.
Muhammadqodir Abdullayev 1995 yili Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo o‘yinlarida g'olib chiqdi, Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi, 1996 yili esa Atlantada o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.
U 1997 yili Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo chempioni bo‘ldi. 1998 yili Xitoyning Chong-Ging shahridan jahon kubogi bilan qaytdi, Bangkokda o‘tkazilgan XIII Osiyo o‘yinlarida esa oltin medalga sazovor bo‘ldi.
1999 yili AQShning Xyuston shahrida jahon chempioni degan yuksak unvonga musharraf bo‘ldi. Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqib, Sidney Olimpiadasi yo‘llanmasini ko‘lga kiritdi.
Sidney Olimpiadasida Muhammadqodir biri-biridan qiyin "jang"larda raqiblari ustidan g‘alaba qozondi va yozgi Olimpiya o‘yinlarining birinchi chempioni sifatida uning nomi Mustaqil O‘zbekistonimizning sport tarixiga zarhal harflar bilan yozildi.