2019
Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi islohotlari uchun AQSHning “StrategEast” markazi tomonidan taqdirlandi.

Bu haqda mazkur siyosiy va diplomatik yechimlar notijorat markazining rasmiy saytida xabar qilindi.

Prezidentimiz ushbu tashkilotning “StrategEast Westernization Award — 2018” mukofotiga mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish, investitsiya iqlimini yaxshilash, qonun ustuvorligi va xususiy mulk himoyasini taʼminlash sohasidagi xizmatlari uchun loyiq topilgan. Bundan tashqari, Yurtboshimizning chegaraoldi muammolariga yechim topish hamda qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi alohida taʼkidlangan.

“StrategEast” markazi Vashington shahrida joylashgan boʻlib, mazkur notijorat tashkilotining faoliyati postsovet davlatlarini ularning Gʻarb siyosiy va ishbilarmon doiralar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashish maqsadida tadqiq etishga yoʻnaltirilgan.

xs.uz

Buxoroda oʻtkazilgan Ziyorat turizmi boʻyicha I Xalqaro forum bo'lib o'tdi.

Xalqaro forum doirasida Oʻzbekistonning ziyorat turizm markazlaridan biri sifatida tan olinishiga doir Buxoro deklaratsiyasini imzolashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik va idoralar, xalqaro toifadagi mehmonlar va tadbir ishtirokchilari, shu bilan birga, mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishdi.

Taʼkidlash joizki, Buxoro deklaratsiyasining imzolanishi Oʻzbekiston tarixidagi muhim hodisadir. Ekspertlarning fikricha, bu hujjatning imzolanishi respublikada sayyohlik infratuzilmasining rivojlanishiga va umuman turistik oqimning yanada koʻpayishiga kuchli turtki beradi.

2018
Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Bu gʻoyani BMT Bosh Assambleyasining 2017-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan 72-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklif etgan edi.

Rezolyutsiyaning asosiy maqsadi fuqarolarning taʼlim olish huquqini taʼminlash orqali dunyoda savodsizlik va jaholatga barham berish, bagʻrikenglik, oʻzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni, eʼtiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashish kabi fundamental umuminsoniy tamoyillarning dunyoviy ustuvorligiga erishishga qaratilgan. Ushbu xalqaro aktning mazmun-mohiyati BMT doirasida qabul qilingan eng muhim hujjatlar, jumladan, BMT Nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Din yoki eʼtiqodlar zamiridagi murosasizlik va kamsitishlarning barcha shakllarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi deklaratsiya kabi xalqaro hujjatlarga toʻliq hamohangdir.

Oʻzbekiston tashabbusi BMT aʼzolari tomonidan mutlaq yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlangani quvonchli hol, albatta. Masalaning yana bir eʼtiborli jihati shundaki, ellikdan ortiq davlatlar, jumladan, islom dinining ona diyori – Saudiya Arabistoni ham mamlakatimiz taklif etgan hujjatga hammuallif boʻlish istagini bildirdi. Tarixdan xabardor kishilar bunday voqea oxirgi yuz yilliklar davomida ilk bor kuzatilayotganini yaxshi tushunadilar. Demak, Oʻzbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan hujjatning olamshumul ahamiyati yanada oydinlashadi.

Taʼkidlash lozimki, bugungi ziddiyatlarga toʻla tahlikali zamonda biron-bir masalada xalqaro hamjamiyatning mutlaq yakdilligiga erishish deyarli imkonsiz boʻlib qoldi. Din bilan bogʻliq masalalarda esa bu jihat undan-da qiyinroq. Bunga koʻplab misollar keltirish mumkin. Pravoslav xristianlar dunyosida sodir boʻlayotgan va tobora chuqurlashib borayotgan boʻlinish, shuningdek, musulmon dunyosida ham kuzatilayotgan ayrim ixtilofli vaziyatlar bu fikrni tasdiqlab turibdi. Ana shunday sharoitlarda diniy qadriyatlarga bevosita daxldor masala boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan taklif etilgan hujjatning xalqaro miqyosda mutlaq yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlangani ibratlidir.

Oʻzbekiston rahbari tashabbusining xalqaro hamjamiyat tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlangani tasodifiy hol emas, albatta. Bunday hamfikrlikni taʼminlagan bir necha jihatlarni izohlash oʻrinli. Birinchidan, rezolyutsiyada bugungi dunyo uchun eng muhim boʻlgan hayotiy masalalardan bir-biriga uzviy bogʻliq boʻlgan ikkitasi – maʼrifatni rivojlantirish zarurati hamda turfa dinlar va millatlardan iborat xalqaro hamjamiyatda “bagʻrikenglik” qadriyatlar – barcha mamlakatlar manfaatlariga mos tarzda oʻz ifodasini topishi. Ikkinchidan, ushbu masalaning, bugungi zamon taqozo etayotgan bir vaqtda, xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga havola qilingani. Uchinchidan, mazkur hassos hayotiy gʻoya xalqaro hamjamiyat aʼzolari eʼtiroziga sabab boʻlmaydigan shaklda rasmiylashtirilganidir.

Fursatdan foydalanib, yana bir masalaga diqqatni jalb etishni istar edik. “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyasi oxirgi bir yil davomida Oʻzbekiston tashabbusi bilan BMT tomonidan qabul qilingan ikkinchi xalqaro hujjatdir. Bundan oldinroq, yaʼni 2018 yilning 22 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash“ rezolyutsiyasi qabul qilingan edi. Uning loyihasi Oʻzbekiston tomonidan Markaziy Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgani yaxshi maʼlum. Ushbu hujjat ham BMTga aʼzo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi. Aytish oʻrinliki, bu tashabbus ham Oʻzbekiston rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan. Mazkur gʻoya keyinchalik BMT shafeligida 2017 yilning noyabrida Samarqandda oʻtkazilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik“ mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi Prezidentimiz nutqida yanada chuqurroq asoslantirilgani yaxshi maʼlum. Mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi mazkur konferensiya yakunlari boʻyicha BMTning yuqorida zikr etilgan Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligini taʼminlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga doir maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklif etilgani barchamizga maʼlumdir ehtimol. Oʻshanda Oʻzbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari nomidan BMTga kiritilgan rezolyutsiya loyihasi qisqa muddat ichida toʻlaqonli xalqaro huquqiy hujjatga aylandi.

Taʼkidlash joizki, keyingi ikki yil davomida Oʻzbekistonda diniy-maʼnaviy sohada sodir boʻlayotgan tub oʻzgarishlar xalqaro hamjamiyatning eʼtiborini jalb qilib, uning eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda. Pirovarida, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabat tubdan ijobiy oʻzgarmoqda. Qisqa muddat ichida Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan bir emas, ikkita tashabbusning BMT tomonidan qoʻllab-quvvatlangani buning yaqqol isbotidir.

Bayon etilganlardan chiqadigan mantiqiy xulosa shuki, davlatimiz rahbarining faol tashabbuskorligi har bir fuqaro uchun ibrat maktabi boʻlishi kerak. Modomiki Prezidentimiz saʼy-harakatlari tufayli xalqaro hamjamiyatning Oʻzbekistonga boʻlgan munosabati jadal oʻzgarib borayotgan ekan, biz – barchamiz bu kabi hayotbaxsh jarayonlardan tashqarida qolishimiz mumkin emas.

Prezidentimiz tashabbusi bilan taʼsis etilgan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi ham mamlakatimizda kechayotgan tub oʻzgarishlar, ayniqsa, diniy-maʼnaviy jarayonlarning faol ishtirokchilari qatorida boʻlishga intilmoqda. Bunda dunyomiz taraqqiyotining oʻziga xos jihatlaridan biri ­– izchil kengayib borayotgan globallashuv fenomeni diniy-maʼnaviy hayotni ham qamrab olayotgani muntazam eʼtiborimizda boʻlishi shart. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi zimmasiga yuklangan masʼuliyatli vazifalarning sifatli ijrosi xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish bilan uzviy bogʻliq ekanini yaxshi idrok etamiz. Shunga muvofiq, akademiya faoliyati boshlangan paytdan buyon oʻtgan qisqa davrda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Misrning Al-Azhar, Ayn Shams, universitetlari, “Hivor” ilmiy-tahliliy markazi, Turkiyaning Zaym, Saljuq, Ibn Xaldun va Kastamonu, Indoneziyaning Sulton Sharif Qosim va Sahid, Malayziyaning Islom fanlari universitetlari, Saudiya Arabistoni Podshohligi, BAA, AQSH, Germaniya, Xitoy, Avstraliya, Rossiya va Qozogʻiston kabi mamlakatlarning turdosh oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda yetakchi islomshunoslari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Joriy yilning oktyabr oyida Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari, shayx Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida boʻldi. Uchrashuvda oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi. Mazkur hamkorlik doirasida misrlik mutaxassislar oʻzbekistonlik talabalarga arab tilidan dars bermoqda.

Akademiya jamoasi 2019 yilda ham xalqaro hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratishni rejalashtirmoqda. Jumladan, Misr Arab Respublikasiga borishi rejalashtirilayotgan Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibiga akademiya vakillari ham kiritilgan. Boʻlajak ziyorat davomida, Misrning yana bir qator nufuzli oliy taʼlim, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsad qilingan.

Zahidullo Munavvarov,

Oʻzbekiston xalqaro islom

akademiyasi kafedra mudiri,

siyosiy fanlar doktori, professor

Birinchi bo‘limning 8-daqiqasida Dostonbek Hamdamov burchakdan to‘pni Rustamjon Ashurmatovga uzatdi va himoyachimiz ushbu vaziyatdan unumli foydalanib, to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Hisob – 1:0. 41-daqiqada darvozamiz tomon qo‘yilgan jarima to‘pini vyetnamlik Nguyen Kuang Xai muvaffaqiyatli amalga oshirdi va hisobni 1:1 ko‘rinishiga olib keldi.

“Qor jangi”ning ikkinchi bo‘limini futbolchilarimiz ko‘k libosda o‘tkazdi. Ushbu taymda har ikkala jamoa vakillari qator hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, ammo hisob ochilmadi. Shu tariqa asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi.

Qo‘shimcha vaqtning ikkinchi bo‘limi yakunlanishiga bir daqiqa qolganida burchakdan oshirilgan to‘pni Andrey Sidorov darvoza tomon oyog‘i bilan yo‘lladi va terma jamoamizning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempioniga aylandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Jumladan, Turkiyaning yetakchi iqtisodiy nashrlaridan biri - “Derin Ekonomi” jurnalining sharhlovchilari O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o’z mamlakati va mintaqasidagi vaziyatlar o’zgarishiga sezilarli ta'sir ko’rsatishga qodir bo’lgan jahonning birinchi o’n nafar yetakchisi ro’yxatiga kiritdilar.

“Derin Ekonomi” jurnali reytingi Turkiyadagi boshqa bir yetakchi nashr - “Yeni Şafak” gazetasi tomonidan ham ko’chirib bosildi.

Mazkur ro’yxatdan muhim ahamiyatga molik qarorlari bilan o’z mamlakatlari va mintaqalaridagi mavjud vaziyatni o’zgartirib yuboradigan va bu bilan xalqaro maydondagi vaziyatga faol ta'sir ko’rsatadigan hamda jahon ommaviy axborot vositalarining “nyusmeykeri”, ya'ni ularning diqqat-e'tibori ob'yekti bo’lib qolayotgan yetakchilar nomlari joy oldi.

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, Sh.Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan birinchi kunlardanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish, “har yerda hoziru nozir” bo’lgan huquq-tartibоt idoralari faoliyatini tartibga solish, diniy e'tiqod erkinligini ta'minlashga qaratilgan chuqur islohotlarni hayotga tadbiq etmoqda.

Ta'kidlanganidek, yangi rahbariyat boshchiligida O’zbekistonda mamlakatni amalda erkin bozor sari harakatlantirishga hamda tashqi savdo va valyuta siyosatini liberallashtirishga yo’naltirilgan o’ta muhim qarorlar qabul qilingani xorijlik sarmoyadorlar uchun respublikaning jozibadorligini oshirdi.

Boshqa davlatlar, birinchi navbatda, qo’shni mamlakatlar bilan o’zaro munosabatlarni tubdan yaxshilash yo’lini tutgani Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Prezidenti lavozimidagi eng katta e'tiborga munosib qadamlaridan biri bo’ldi.

Turk nashrlarida qayd etilishicha, mazkur reytingdan joy olgan o’n mamlakat yetakchilarining ismi shariflari, ehtimol, shu paytga qadar jahon hamjamiyati uchun taniqli bo’lmagan, biroq 2018 yili ular “har bir kishiga o’zlarini tanitishadi”.

«Jahon» AA, Anqara

Manba: “Jahon” axborot agentligi

2017
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida 1 oltin, 3 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida terma jamoamizni vazirlik va idoralar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sport muxlislari tantanali ravishda kutib oldi.

Bokschilarimizning bu g‘alabasi mamlakatimizda yosh avlodning jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilgan keng sharoitlar yuksak samaralar berayotganining yana bir isbotidir.

Germaniyada o‘tgan nufuzli musobaqada 85 davlatdan 280 bokschi sovrinli o‘rinlar uchun bellashdi. Unda sportchilarimiz O‘zbekiston boks maktabi salohiyatini yana bir karra namoyish etdi.

– Xalqaro maydondagi nufuzli musobaqalarda qatnashayotgan har bir sportchimiz ortida o‘zini mana shu darajaga yetkazgan Vatanimiz, xalqimiz turganini, yaratilayotgan sharoitlarning barchasi istiqlolimiz sharofatidan ekanini chin dildan his qiladi, – deydi boks bo‘yicha jahon chempioni Sh.G‘iyosov. – Mana shu tuyg‘u biz, sportchilarga katta kuch-quvvat va ishonch beradi. Jahon chempionatidagi g‘alabamizni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlaymiz.

Xabar qilganimizdek, Hasanboy Do‘smatov, Iqboljon Xoldorov, Jasur Latipov kumush, Sanjar Tursunov va Bektemir Meliqo‘ziyev bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Bayram Aytmurodov, Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA

Dunyo sport gimnastikasining tirik afsonasi, Olimpiya o‘yinlarining yetti karra ishtirokchisi, Barselona-1992 Olimpiya o‘yinlari chempioni Oksana Chusovitina Xalqaro gimnastika Shon-sharaf zalidan o‘rin oldi. Tantanali marosim AQShning Oklaxoma shtatida bo‘lib o‘tdi.

Chusovitina bilan birgalikda Shon-sharaf zalidan shuningdek, yaponiyalik Syun Fudzimoto, amerikalik Alisiya Sakramone va rossiyalik Aleksey Nemovlar ham o‘rin egallashdi. E’tiborlisi, Oksana professional faoliyatini tugatmasdan turib Shon-sharaf zalidan o‘rin olgan birinchi gimnastikachi bo‘lib tarixga kirdi.

AQShda joylashgan Xalqaro Gimnastika Shon-sharaf zaliga bunga qadar jami 22 ta mamlakatdan 91 nafar sportchi kiritilgan bo‘lib, hamyurtimizdan tashqari boshqa barcha sportchilar faoliyatlarini yakunlaganlaridan so‘ng bunday yuksak e’tirofga sazovor bo‘lishgandi.

Oksana Chusovitina 2016 yil oxirida sport gimnastikasi tarixida yettita Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan birinchi ayol gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi. Faoliyati davomida Chusovitina uch karra jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari chempionligi bilan birgalikda Barselona-1992 Olimpiya o‘yinlarida oltin, Pekin-2008 Olimpiya o‘yinlarida esa kumush medallarga sazovor bo‘lgan. Shu yilning o‘zida Oksana Baku (Ozarbayjon) va Doxa (Qatar) shaharlarida bo‘lib o‘tgan jahon kubogi bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Ozarbayjon poytaxtida tashkil etilgan IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ayni paytda yurtdoshimiz o‘zining 42 yoshida joriy yilning oktabr oyida Kanadaning Monreal shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga hozirlik ko‘rmoqda. Unga qadar Chusovitina sentabr oyida Vengriya va Fransiyada bo‘lib o‘tadigan va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadigan jahon kubogi bosqichlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, “Mehnat Shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlarining sohibi Oksana Chusovitina bilan xaqli ravishda faxrlanadi va unga kelgusi faoliyatida ham omad va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

www.olympic.uz

Har yili 20 martda butun sayyoramiz bo‘ylab Xalqaro baxt kuni keng nishonlanadi. Shunisi e’tiborliki, BMT Bosh assambleyasi ta’sis etgan mazkur sana aynan diyorimizda har bir inson qalbida ezgulik chechagi nish urgan, Navro‘z munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalar avjiga chiqqan kunlarga to‘g‘ri keladi.

BMT buyurtmasiga ko‘ra, Xalqaro baxt kuniga atab tayyorlanadigan “World Happiness Report” (“Jahon baxt hisoboti”)da qayd etilishicha, O‘zbekiston keyingi o‘n yillikda farovonlik o‘sishi ko‘rsatkichida muntazam kuchli o‘nlikdan joy olmoqda.

Bu 2017 yilning eng baxtli mamlakatlari ro‘yxatida ham istisno bo‘lmadi. Yurtimiz o‘tgan yildagiga nisbatan ikki pog‘ona yuqori ko‘tarilib, 155 davlat orasida 47-o‘rinni egalladi. Mazkur ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston MDH, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, qolaversa, Italiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Gonkong, Xitoy va boshqa rivojlangan davlatlardan ham ilgarilab ketdi.

Ekspertlar reytingdagi barcha mamlakatning turmush darajasini o‘rganib chiqishdi. Bu tadqiqotda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, fuqarolarni davlat tomonidan ijtimoiy himoyalash, umr davomiyligi, muhim qarorlarni mustaqil qabul qilish imkoniyati darajalari hamda boshqa hayotiy mezonlar hisobga olindi. Kuzatuvchilar ro‘yxatning yuqori qismidan o‘rin egallagan mamlakatlarda baxt-saodat asosi hisoblanmish aholi uchun g‘amxo‘rlik, erkinlik, bag‘rikenglik, halollik, salomatlik, daromadga ega bo‘lish va yaxshi boshqarish bo‘yicha ko‘rsatkichlar yuksak baholanganligini ta’kidlashdi. Yana bir muhim omil ish o‘rnining mavjudligi hamda uning sifatiga qaratilganidir.

Reytingning ilk uch o‘rnini Norvegiya, Daniya va Islandiya band etgan, Shveysariya, Finlyandiya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya hamda Shvetsiya dastlabki o‘nlikdan joy olgan. Ro‘yxatning poyonini Ruanda, Suriya, Tanzaniya, Burundi va Markaziy Afrika Respublikasi yakunlagan.

R. Alisherov

Ro‘yxatni hayajon bilan ko‘zdan kechira boshladim. Qani bizning azamat?! Birinchi elliktalikda Osiyodan uch vakil: Yaponiya, O‘zbekiston va Hindiston. MDH davlatlaridan esa yagona nomzod O‘zbekistondan! Dunyoning 100 eng kuchli yosh iqtisodchilari orasida Angliya banki, Garvard, Stenford universitetlari, Parij Iqtisod maktabi nomzodlarini ortda qoldirib, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti iqtisod fani o‘qituvchisi Raufxon Salaxo‘jayev 32-o‘rinda turibdi.

Mamlakatimiz sha’niga qo‘shilgan munosib hissa, umummamlakat muvaffaqiyatidan shodlanib, Sharq renessansiga xayolim ketdi. IX asrdan XIII asrning o‘rtalarigacha davom etgan ilk Uyg‘onish davrida ilm-fan uch yo‘nalishda rivojlangan. Ulardan biri matematika-tibbiyot yo‘nalishi bo‘lib, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy kimyo, Ibn Sino, Jurjoniy, Abu Rayhon Beruniy tibbiyot va falsafaga oid yirik asarlar yaratdi. Aql-zakosi bilan Markaziy osiyolik allomalar jahon tamadduni beshigiga benazir dur qadadi.

Dilga shodlik ingani bejiz emas. Zamondoshimiz Xorazmiy yoqqan olovni qayta alangalatdi. Hali o‘ttiz yoshni qarshilamagan qahramonimiz makroiqtisoddagi yangi yo‘nalish «Iqtisodiy o‘sishning chuqur omillari» bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan kam sonli olimlardan. Ilmiy ishi davlatlarning iqtisodiy rivojlanishida intellektual kapital va bozor institutlarining rolini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Raufxonning 20 ga yaqin ilmiy maqolasi «Intelligence», «Kyklos», «Environmental Research» kabi dunyoning yetakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan, «Forbes» agentligi, «National Policy» instituti tomonidan yuqori baholangan.

Yosh iqtisodchi olim 2012 yili AQShning «Fulbright» stipendiyasi g‘olibi bo‘lib, Nyu-York davlat universitetida iqtisod magistri ilmiy darajasini olgan. Hozir ta’lim dargohida muallimlik qilish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida katta ilmiy xodim hamdir.

Raufxon Salaxo‘jayevning muvaffaqiyati Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti uchun London Iqtisod maktabi (Buyuk Britaniya), Angliya banki va Braun universiteti kabi nufuzli ilmiy markazlar qatoriga kirishga yo‘l ochdi. O‘zbekistonning ushbu reytingdagi ishtiroki mamlakatimiz nufuzi, ilmiy salohiyatiga baho berish, uning kelajakdagi iqtisodiy rivojiga ta’sir etishi shubhasiz.

Mazkur reyting RePEc (Research Papers in Economics) «Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy maqolalar» tashkiloti tomonidan tuziladi, loyihani AQShdagi Federal rezerv banki tadqiqotlar bo‘limi muvofiqlashtiradi va dunyo bo‘ylab 50 mingdan ortiq iqtisodchilar faoliyati kuzatib boriladi. RePEc maqolalarga keltirilgan iqtiboslar, chop etilgan jurnal nufuzi kabi kategoriyalarga asoslanib, turli toifalar bo‘yicha eng yaxshi iqtisodchilar reytingini tuzadi. Reytingda asosan Garvard, Yel universitetlari, London iqtisod maktabi bitiruvchilari va xodimlari ustun turgan.

Raufxonning yutug‘i kelgusidagi zafarlariga debocha bo‘lsin!

Sevara Alijonova, O‘zA

2016
Sog‘lom ona va bola yili

2016-yilning 18-19-oktabr kunlari Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiya yakunlariga ko‘ra Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjat IHTning obro‘li va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda o‘zining munosib o‘rniga egaligini ta’kidlaydi hamda musulmon ummati birligini ta’minlash, mustahkam tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatish, a’zo davlatlarga barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirishga chaqiradi.

TIVK Falastin va Al-Quddus Ash-Sharifni, Falastin xalqining qonuniy va dahlsiz huquqlarini, Yaqin Sharqda tartib o‘rnatish bo‘yicha tinchlik tashabbuslarini hamda Falastin qochoqlari muammolarini adolatli va BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari va xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinishini yana bir bor to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

IHTga a’zo davlatlar Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi vaziyatni BMT Nizomidagi tamoyillar va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga muvofiq ravishda inqirozlarni siyosiy yo‘l bilan tartibga solish orqali zudlik bilan barqarorlashtirish zarurligi to‘g‘risida yagona fikrga egadirlar.

Afg‘onistondagi vaziyatga xalqaro hamjamiyat e’tiborini jalb etgan holda Afg‘oniston muammosiga harbiy yechim yo‘qligi yana bir bor ta’kidlandi. Afg‘onistondagi ichki ziddiyatlarni hal qilish butun xalqni yarashtirish jarayonlarini olg‘a surish orqali hamda afg‘onlar rahbarligida va afg‘onlar tomonidan amalga oshirilishi kerak deb hisoblaymiz.
Tashkilotga a’zo mamlakatlar terrorizm va ekstremizmning barcha ko‘rinishlariga, narkotik moddalarning noqununiy ishlab chiqarilishi va aylanishiga, noqonuniy qurol savdosi, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish va yetkazish vositalariga qarshi kurashishning ustuvorligi ta’kidlandi. Qayd etilganidek, mazkur xavfli muammolarni yengish va bartaraf etish hamjihatlikda kurashish hamda ularning paydo bo‘lish alomatlari va ildizlarini yo‘q qilish uchun choralar ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.

43-sessiyaning barcha ishtirokchilari terrorizm mafkurasi, zo‘ranvonlikka asoslangan ekstremizm va diniy fanatizmga qarshi kurashishning zarur vositasi sifatida muqaddas Islom dini haqidagi bilimlarni ommalashtirish zarurligini qayd etdilar.

O‘zbekistonning IHT TIVKdagi rasiligi “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li” shiori ostida o‘tishini hisobga olib, Islom olamining mashxur olim va mutafakkirlarining ilmiy merosini chuqur anglash, inson kapitaliga kiritilayotgan investitsiya va mablag‘lar miqdori o‘sishini ta’minlash, ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, yosh avlodni umuminsoniy va islomiy qadriyatlarni hurmat qilish hamda zamonaviy fan cho‘qqilarini zabt etishga intilish ruhida tarbiyalash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
IHT oliy ta’lim sohasida, jumladan Ta’lim almashinuv dasturi doirasida dastur va tadbirlarni davom ettirish va yanada kengaytirish, oliy ta’lim muassalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarni jadallashtirish hamda professional tayyorgarlik uchun stipendiya va dasturlarini ta’sis etishga tayyordir.

Shu nuqtayi nazardan yangi qabul qilingan “O‘n yillik harakat dasturi: IHT – 2025”ga yuqori baho berildi. Ushbu hujjatni hayotga tadbiq etilishi XXI asrda musulmon davlatlarida savdo va investitsiya, yuqori texnologiyalarga o‘tish, xususiy sektor, sanoatlashtirish, ilmiy soha va ta’limni rivojlantirishga ko‘mak beradi.

Iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi masalalarini hal etish yuzasidan tajriba almashish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli uzoq muddatga mo‘ljallangan loyihalarni amalga oshirish va infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qayta tiklanadigan energiya manbaalaridan foydalanishning milliy dasturlarini amalga oshirish va innovatsion iqtisodiyot barpo qilish bo‘yicha IHTga a’zo davlatlarning sa’y-harakatlari bir ovozdan ma’qullandi.

Kengash sog‘liqni saqlash sohasining yuqori yashash darajasini ta’minlashda va umuman jamiyat farovonligida asosiy ahamiyatga egaligini ta’kidladi hamda “2014-2023-yillarga mo‘ljallangan sog‘liqni saqlash sohasida IHTning strategik harakat dasturi”n” samarali va to‘liq amalga oshirishga da’vat qildi.
Sessiya davomida IHTning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar, ayniqsa BMT va uning institutlari bilan hamkorlik va munosabatlarini yanada chuqurlashtirish borasida Bosh kotibning sa’y-harakatlari to‘liq ma’qullandi.

O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotining barcha ustuvor yo‘nalishlarini ma’qullaydi va o‘zining TIVKdagi raislik davrida belgilangan rejalarni amalga oshirish uchun harakat qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Sessiya doirasida “Yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish va bunyodkorlik salohiyatini rag‘batlantirish” mavzusida maxsus yig‘ilish o‘tkazildi. Unda a’zo davlatlarning yoshlar siyosati va mazkur sohadagi hamkorlik istiqbollari masalalari yuzasidan batafsil va samarali fikr almashildi.

Shuningdek Ikki kunlik ish davomida 118 ta rezolyutsiya ham qabul qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Salomatlik reytingida O‘zbekiston MDH mamlakatlari o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi.

Nufuzli “The Lancet” tibbiyot jurnali tomonidan tabobat, hayot va salomatlik bilan bog‘liq barqaror rivojlanishning ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingi e’lon qilindi. Unga binoan, jahondagi 188 davlat o‘rtasida O‘zbekiston 55-o‘rinni egalladi.

Bu Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Qisqacha ma’lumot: “The Lancet” — Britaniyada chop etiladigan haftalik jurnal. U tibbiyot bo‘yicha eng mashhur va eng nufuzli nashrlardan biri hisoblanadi. Lanset, ya’ni jarrohlik asbobi nomi qo‘yilgan ushbu jurnalga ingliz jarrohi Tomas Uokley tomonidan 1823 yili asos solingan. Unda muhim tadqiqotlarga oid maqolalar, kitoblar sharhlari, yangiliklar, kasalliklar tarixi hamda boshqa materiallar chop etiladi. Jurnal -tahririyatlari London, Nyu-York va Pekin shaharlarida joylashgan.

Yuqori natijani qo‘lga kiritgan dastlabki beshtalik davlatlar ro‘yxatidan Islandiya, Singapur, Shvetsiya, Andorra hamda Buyuk Britaniya joy oldi. MDH mamlakatlari orasida O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarga Turkmaniston (60), Ozarbayjon (75), Moldova (80), Qozog‘iston (85), Armaniston (86), Tojikiston (99), Qirg‘iziston (113), Ukraina (118), Rossiya (119) va Belarus (120) munosib topilgan.

Reyting noldan (eng yomon ko‘rsatkich) yuzgacha (eng yaxshi ko‘rsatkich) bo‘lgan muqoyasada 33 ko‘rsatkich bo‘yicha umumlashtirilgan baholar hisobga olingan holda tuzilgan. Mamlakatlar o‘rinlarini belgilashda nazarda tutilgan mezonlar orasida bolalar hamda chaqaloqlar o‘limi, yo‘l-transport hodisalaridagi o‘lim, bolalardagi ortiqcha vazn, alkogol va tamaki iste’moli darajasi, odam immuniteti tanqisligi virusi (VICH), sil va V gepatiti bilan kasallanish, o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatkichlari mavjud. Bundan -tashqari, ekspertlar zo‘ravonlik harakatlari hamda urushlardagi o‘lim holatlarini ham hisobga olishgan. Har bir mezon bo‘yicha hisoblar 1990 — 2015 yillar oralig‘idagi vaziyatlarning tahlili asosida chiqarildi.

Masalan, “Doyalar ishtirokidagi tug‘uruqlar” mezoni bo‘yicha O‘zbekiston maksimal darajadagi bahoni, “Kasalliklar tibbiy profilaktikasi darajasi” bo‘yicha — 93, “Havo ifloslanishi tufayli kasallikka chalinish” mezoni bo‘yicha — 89, “Oilani rejalashtirish va reproduktiv yosh” bo‘yicha — 84, “CHekish” hamda “Ichishga yaroqsiz suv iste’moli bilan bog‘liq kasalliklar” mezoni bo‘yicha 81 ball to‘pladi.

“The Lancet” ushbu reytingni tuzishda 2015 yilning sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlariga asoslangan. Ular 17 ta global maqsadni (qashshoqlikni bartaraf etish, ochlikka barham berish, ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash va hokazo), 169 ta vazifa hamda 230 ta aniq maqsadga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarni o‘z ichiga olgan. BMT rejasi bo‘yicha 15 yil mobaynida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishilmog‘i lozim.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiyalash bo‘yicha bosqichma-bosqich diqqatga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi natijasida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, davolashning eng ilg‘or uslublari keng qo‘llanilmoqda, aholiga birinchi davolash-profilaktika yordami ko‘rsatilishining zamonaviy tizimi yaratilgan. Aholiga shoshilinch va maxsus tibbiy yordam ko‘satish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda.

Shular bilan bir qatorda, O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan tizimlari, jumladan, Aholishunoslik jamg‘armasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan aholishunoslik va reproduktiv salomatlik dasturlarini amalga oshirish, sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini yuksaltirish, onalar hamda bolalar salomatligini muhofaza etish, atrof-muhitni asrash, favqulodda vaziyatlarda ko‘mak ko‘rsatish singari sohalarda faol hamkorlik qilayotir. YuNISEF bilan o‘zaro hamkorlikda bolalar salomatligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ko‘p sonli tadbirlar, jumladan, bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, ularni emlash, maktablarda va maktabgacha tarbiya muassasalarida tibbiy madaniyatni oshirish, sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish tadbirlari o‘tkazilayapti.

“The Lancet” jurnali tadqiqoti natijalari O‘zbekiston bo‘yicha boshqa nufuzli xalqaro institutlar tomonidan berilgan baholarni to‘la tasdiqlaydi. Shuni eslatib o‘tish o‘rinliki, O‘zbekiston jahondagi nufuzli tashkilot — “Save the children” (“Bolalarni asraylik”) xalqaro muassasasi tomonidan tuzilgan dunyo reytingida bolalar salomatligini mustahkamlash borasida katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan eng ilg‘or o‘n mamlakat qatoridan joy olgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQSHning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomonidan o‘tkazilgan yana bir tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” reytingida 158 mamlakat orasida 44-o‘rinni, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari o‘rtasida esa birinchi o‘rinni egallagan.

Darhaqiqat, “The Lancet” jurnali qayd etganidek, O‘zbekistonning ushbu yuqori reytingi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyati jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilganining yana bir tasdig‘i hisoblanadi.

Manba: “Jahon” axborot agentligi

Terma jamoamiz a’zolari 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17ta bronza medallari bilan umumiy 31ta medal jamg‘arishdi.

O‘n ikki kun davomida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV Paralimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. O‘n ikki kun barchamiz katta xayajon va ishtiyoq bilan mazkur musobaqalarni kuzatib bordik. Boisi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Paralimpiya o‘yinlarida har qachongidanda faolroq ishtirok etib, har kuni bizlarni xushhabarlar bilan xursand etib turishdi.

Musobqalarning so‘nggi kunida yengil atletikaning nayza uloqtirish turida ishtirok etgan hamyurtimiz Nozimaxon Qayumova 44.58 natija bilan jaxon rekordini o‘rnatgan xolda Paralimpiya o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Ana shu tariqa delegatsiyamiz a’zolari tomonidan qo‘lga kiritilgan oltin medallar soni 8taga yetdi. Yakunda terma jamoamiz a’zolari 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17ta bronza medallari bilan umumiy 31ta medal jamg‘arishdi va umujamoa hisobida 176 ta davlat vakillari orasida medallar sifati bo‘yicha 16-o‘rinni, soni bo‘yicha esa 13-o‘rinni egallashdi. Bunaqasi hech qachon bo‘lmagandi. 32 ta ishtirokchi 31ta medalni qo‘lga kiritishi bu chinakam fantastika.

Ma’lumot uchun quyidagi raqamlarni keltirib o‘tamiz. Musobaqada eng ko‘p – 239 ta medal jamg‘argan Xitoy terma jamoasi sportning 17 ta turida 327 nafar sportchi bilan ishtirok etgan.

2.Buyuk Britaniya 147 ta medal - 260ta sportchi (20ta sport turi)

3.Ukraina 117 ta medal - 171ta sportchi (15ta sport turi)

4.AQSH 115 ta medal - 288ta sportchi (20ta sport turi)

5.Avstraliya 81ta medal - 175ta sportchi (16ta sport turi)

6.Germaniya 57ta medal - 158ta sportchi (17ta sport turi)

******************************************************************

16. O‘zbekiston 31ta medal – 32ta sportchi (5ta sport turi)

Demak natijalar shuni ko‘rsatayaptiki sportchilar soniga nisbatan medallar jamg‘arish borasida O‘zbekiston delegatsiyasi 96,8% natija ko‘rsatib XV Paralimpiya o‘yinlarida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Shuni alohida e’tirof etish kerakki yurtimiz paralimpiyachilari Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi, MDHda Ukrainadan so‘ng ikkinchi, Osiyoda Xitoy va Erondan so‘ng uchinchi o‘rinni egallashdi.

Yodingizda bo‘lsa XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi boks turida barcha raqiblarini ortda qoldirib birinchi o‘rinni egallagandi. Paralimpiyachilar orasida esa O‘zbekiston delegatsiyasi sportning dzyudo turi bo‘yicha umumjamoa hisobida birinchi o‘rindan joy oldi. (3 ta oltin, 1 ta kumush, 6ta bronza medallari). Sherzod Namozov (-60 kg), O‘tkir Nig‘matov (-66 kg) va Odil Tulidabayev (+100 kg) oltin medallar bilan taqdirlangan bo‘lsalar, 70 kilogrammgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi musobaqada gilamga chiqqan Xayitjon Alimovaga kumush medal nasib qildi. Shuningdek Sevinch Salayeva (-52 kg), Tursunposhsha Nurmetova (-63 kg), Gulruh Rahimova (-70 kg), Feruz Saidov (-73 kg), Shuhrat Boboyev (-90 kg), va Shirin Sharipov (-100 kg)lar bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Umuman esa sportchilarimiz tomonidan 6 ta jahon, 7 ta Paralimpiya o‘yinlari, 12 ta Osiyo rekordi o‘rnatildi. Ta’kidlash kerakki, shu vaqtga qadar birorta davlat vakillari, ya’ni ishtirokchilar soni va qo‘lga kiritilgan medallar natijasi bo‘yicha bunday ko‘rsatkichga erishmagandilar. E’tirof etish lozimki, Braziliyada juda ko‘p Davlat delegatsiyalari O‘zbekiston erishgan yutuqlarga hayrat va havas bilan qaramoqdalar. Bu yutuqlar zamirida xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi va duosi, Davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularga bo‘lgan ishonch hamda sportchilarimiz va ularni tarbiyalagan murabbiylarining tinimsiz mehnati yotibdi.

Shu o‘rinda Respublikamizning Birinchi Prezidenti, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning mashhur iboralarini eslamay o‘ta olmaymiz. “Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”. Ana shu so‘zlar Braziliyada yana bir bor o‘z isbotini topdi. Avval olimpiyachilarimiz, keyinroq paralimpiyachilarimiz diyorimizni butun dunyoga mashhur qilishdi, uni barcha barchaga tanitishdi.

Endi dunyoning mana man degan polvonlari o‘zbek o‘g‘lonlari bilan xisoblashishga majburlar, eng kuchli terma jamoalar O‘zbekiston terma jamoasini o‘zlariga har jixatdan munosib raqib deb hisoblashadi. Bizdan xayiqishgadi, bizga qarshi alohida tayyorgarlik ko‘rishadi. Axir bu butun bir millatimizning ulkan yutug‘i emasmi? O‘zbekiston va uning ana shunday Vatanni sevguchi farzandlari bor ekan, mamlakatimizda sportga Davlatimiz tomonidan ana shunday yuksak e’tibor va g‘amho‘rlik ko‘rsatilar ekan Mustaqil diyorimiz bayrog‘i doimo sarbaland ko‘tarilaveradi.

1996-yili Atlantada o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtdoshlarimiz bittadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2000-yil Sidney shahri mezbonlik qilgan bahslarda sportchilarimiz bitta oltin, bitta kumush va ikkita bronzani mamlakatimizga olib kelgan. Afinada 2004-yili o‘tkazilgan bellashuvlarda sportchilarimizdan ikki nafari shohsupaning birinchi, yana shunchasi uchinchi va bir nafari ikkinchi pog‘onasini band etgan bo‘lsa, 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida ular 6 medalni qo‘lga kiritgan: 1 oltin, 2 kumush, 3 bronza. Olimpiyachilarimiz 2012-yili Londondan bitta oltin, ikkita bronza bilan qaytib kelgan. “Rio – 2016”da yurtdoshlarimizning 4 oltin, 2 kumush, 7 bronzani qo‘lga kiritgani Vatanimiz mustaqilligining 25-yillik shukuhi bilan yashayotgan xalqimizga munosib sovg‘a bo‘ldi.

“Rio – 2016”da dunyoning ikki yuzdan ziyod davlatidan sportchilar qatnashdi. Ular orasidan 87 davlat sportchilarigina shohsupaga ko‘tarildi. Oltin medalni qo‘lga kiritganlar yanada kam – 59 ta. O‘zbekiston sportchilari 13 medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 21-o‘rinni band etdi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi Osiyo davlatlari orasida to‘rtinchi, MDH davlatlari orasida ikkinchi, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi. Bokschilarimiz 3 oltin, 2 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritib, Kuba, AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiya kabi boks eng rivojlangan davlat sportchilarini ortda qoldirib, dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Prezidentimizning 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori sportchilarimizning ushbu nufuzli musobaqada yuksak natijalarni qayd etishida muhim dasturilamal bo‘ldi.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida bokschilarimizdan Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev kumush, Rustam To‘laganov, Murodjon Ahmadaliyev, dzyudochilar Rishod Sobirov, Diyorbek O‘rozboyev, erkin kurash bo‘yicha Elmurod Tasmurodov, Ixtiyor Navro‘zov, Magomed Ibragimov O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga bittadan bronza medal qo‘shdi.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining eng muhim voqealaridan biri boks musobaqalarida ro‘y berdi. Hasanboy Olimpiya o‘yinlarida eng yorqin janglarni olib borgani uchun “Rio – 2016” olimpiadasining eng yaxshi bokschisi sifatida Vel Barker kubogi bilan taqdirlandi.

Og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov ham Olimpiada oltin medali bilan taqdirlandi. U shtangani dast ko‘tarishda 194, siltab ko‘tarishda 237, ikkikurash natijasiga ko‘ra 431 kilogramm natija qayd etib, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi. Uning siltab ko‘tarishda ko‘rsatgan natijasi Olimpiadaning yangi rekordi sifatida mana-man degan soha mutasaddilari tomonidan keng e’tirof etildi. Chet el ommaviy axborot vositalari o‘zbek farzandini maqtab maqolalar yozdi. Mana ulardan bir shingili: “Nurudinov 2012-yilda London Olimpiadasida 4-o‘rinni egallaganidan so‘ng uning chap tizzasida jarohat paydo bo‘ldi. Shu bois u 2013-yildan 2015-yilgacha sport musobaqalarida qatnasha olmadi. Ruslan o‘sha damlarda o‘zida katta kuch va iroda topib, yana sport musobaqalariga qaytish haqida o‘yladi hamda bugun shunday yuksak marrani egalladi”. Agence France-Presse. “U siltab ko‘tarishda 237 kilogramm natija bilan Olimpiya o‘yinlarining yangi rekordini o‘rnatdi. Ikkikurash yakuni bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu paytgacha Markaziy Osiyo davlatlari orasida hech bir og‘ir atletikachi bunday muvaffaqiyatga erisha olmagan”. www.nbcwashington.com


ShHT sammiti tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida o‘tgan uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish, ShHT faoliyatini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001-yil 15-iyunda Shanxay shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston imzolagan ShHTni tashkil etish to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida tuzilgan. O‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar, energetika, transport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zi qamragan mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash tashkilotning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilangan.

ShHT Xartiyasida a’zo davlatlar mustaqillik, hududiy yaxlitlik va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish, teng huquqlilik, o‘zaro anglashuv va fikrlarni inobatga olish, ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatmaslik va kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillariga amal qilishi qayd etilgan.

O‘tgan 15-yilda tashkilotning mustahkam huquqiy asosi yaratildi, kotibiyati va tarkibiy tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. ShHT nufuzli davlatlararo tashkilot sifatida xalqaro maydonda mustahkam o‘rin egalladi, ko‘p tomonlama hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi.

O‘zbekiston tashkilotning asoschilaridan biri, ulkan iqtisodiy va geosiyosiy salohiyatga ega davlat sifatida uning faoliyatida alohida o‘rin tutadi. Mamlakatimiz ShHTga savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalar va qurol-yarog‘larning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda muhim vosita sifatida qaraydi.

O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga uchinchi marotaba raislik qilmoqda. Mamlakatimiz ShHTga 2003-2004 hamda 2009-2010-yillarda raislik qilgan.

O‘zbekistonning tashkilotga birinchi raisligi ham ShHT faoliyatini yangi mazmun bilan boyitgan. 2004-yil 17-iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan sammit doirasida poytaxtimizda tashkilotning doimiy faoliyat yurituvchi organi – Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi ochilgan. Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi yo‘lga qo‘yilgan. Bu ishlar ShHTning asosiy maqsadlaridan bo‘lgan tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, turli tahdid va xavf-xatarlarning oldini olishda muhim omil bo‘lmoqda.

2004-yildagi sammitda ShHTning vakolatlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, ShHT huzuridagi kuzatuvchi maqomi to‘g‘risidagi nizom va boshqa qator hujjatlar imzolangan. Pokiston, Hindiston, Eron va Mo‘g‘ulistonga ShHT huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berilgan. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o‘sha yilgi sammitga Afg‘oniston rahbari ilk bor mehmon sifatida taklif qilingan. Keyinchalik Afg‘oniston ShHT huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonning ikkinchi raisligi davrida amalga oshirilgan ishlar ham ShHT faoliyatini yangi bosqichga ko‘tardi. 2010-yil aprel oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Munning mamlakatimizga tashrifi chog‘ida ShHT va BMT kotibiyatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Bu Shanxay hamkorlik tashkilotining mazkur global tuzilma bilan o‘zaro aloqalariga asos bo‘lib kelmoqda.

2010-yil 11-iyun kuni Toshkentda o‘tgan sammitda, shuningdek, tashkilot doirasidagi masalalarni hal etishda muhim hujjatlar – ShHTning ish yuritish qoidalari va ShHTga yangi a’zolarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom imzolangan.

O‘zbekiston Respublikasi 2015-yil 11-iyuldan buyon tashkilotga raislik qilib kelmoqda. Mamlakatimiz a’zo davlatlar bilan birgalikda ShHT doirasidagi hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro aloqalar muvofiqlashuvini yaxshilash, tashkilotning xalqaro maydondagi rolini kuchaytirish yuzasidan salmoqli ishlarni amalga oshirdi. ShHTning xalqaro aloqalarini rivojlantirish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash bilan bog‘liq tashabbuslarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish orqali tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratdi.

Davlat rahbarlari ShHTning 15-yillik faoliyati asosiy natijalarini ko‘rib chiqdilar. Tashkilot nufuzli va ahamiyatli tuzilma sifatida xalqaro maydonda mustahkam o‘rin egallagani alohida ta’kidlandi.

Majlisda xalqaro terrorizm, ekstremizm va uning boshqa ko‘rinishlari bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek xavf solayotgani alohida ta’kidlandi. Ushbu tahdidlarga faqat hamkorlikda, jahon hamjamiyati harakatlarini birlashtirish orqali qarshi kurashish mumkinligi qayd etildi.

ShHT Xartiyasi qoidalari va boshqa hujjatlariga muvofiq terrorizm, separatizm va ekstremizmga, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi, qurol-yarog‘, o‘q-dori va portlovchi moddalar bilan noqonuniy savdo, ommaviy qirg‘in qurollari va ularni yetkazib berish vositalari tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish ShHT doirasidagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

O‘zaro hamkorlik, davlat suverenitetini hurmat qilish va boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga asoslangan holda, xavfsiz, xolis va ochiq axborot makonini yaratishga doir sa’y-harakatlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Majlisda ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, mintaqa va dunyodagi vaziyatga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Iqtisodiyotning pasayishiga qarshi samarali kurashish borasida tajriba almashish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida uzoq muddatli o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish va infratuzilmani rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

Majlisda transport kommunikatsiyalari, energetika, madaniyat, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari – Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif, sammit mehmoni – Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham ishtirok etdi. Shuningdek, majlisda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov, Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev qatnashdi.

Sammitda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Jefri Feltman, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi Nikolay Bordyuja, ASEAN Bosh kotibi Le Liong Min, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning ijrochi direktori Gun Szyanvey ham ishtirok etdi.

Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining ShHTga a’zo davlat maqomini olish yo‘lidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumlar imzolangani Toshkent sammitining muhim voqealaridan bo‘ldi.

Hindiston va Pokistonning ShHTning teng huquqli a’zosi maqomiga ega bo‘lishi tashkilot imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro maydonda dolzarb muammolarni hal etish, mintaqa va umuman dunyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan ko‘p tomonlama mexanizm sifatida tashkilot rolini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Kambodja Qirolligi va Nepalga ShHTning muloqot bo‘yicha sheriklari maqomini berish to‘g‘risidagi memorandum imzolanishini ma’qulladilar.

Muzokaralar yakunida ShHT o‘n besh yilligining Toshkent deklaratsiyasi, ShHTning 2025-yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, ShHTga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar imzolandi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasining ShHTga raislik davridagi faoliyatiga yuksak baho berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda majlis o‘zaro ishonch va hurmat ruhida, ishchan kayfiyatda o‘tganini, erishilgan kelishuvlar ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladi.

ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov O‘zbekistonning tashkilotga raisligi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganini, bu davrda barcha tadbirlar, jumladan, Toshkent sammiti yuksak saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi xalqi va rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shu bilan ShHTning Toshkent sammiti yakuniga yetdi. U tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lida muhim kelishuvlarga erishilgan sammit sifatida ShHT tarixidan alohida o‘rin oladi.

ShHTga raislik Qozog‘iston Respublikasiga o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha UNEP DTIE mukofoti bilan taqdirlandi.

Ashxabodda Yevropa va markaziy Osiyo mintaqaviy Ozon tarmog‘ining yillik mintaqaviy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun Yevropa va markaziy Osiyo mintaqaviy Ozon tarmog‘ining mukofotini topshirish bo‘yicha IV tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

2016 yilda 13 mamlakatlar mukofotlarga sazovor bo‘lishdi. Xususan, O‘zbekistonga 32 nominatsiya ichidan 16 medal berildi. O‘zbekiston, Ukraina, Turkiya, Turkmaniston, Serbiya, Xorvatiya, Ruminiya, Rossiya, Qirg‘iziston, Xitoy, Ispaniya, Gruziya, Yevropa ittifoqi, Bosniya va Gersegovina bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ozon qatlamini himoya qilishdagi faoliyatlari uchun nufuzli medal va yorliqlarga sazovor bo‘ldilar.

Ma’lumot o‘rnida, Ozon Action Programme UNEP DTIE tomonidan tashkil etilgan maxsus mukofot 2010 yildan beri topshiriladi. Mukofot bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga ozon qatlamini buzuvchi moddalar noqonuniy aylanmasining oldini olishga yo‘naltirilgan harakatlari uchun ozon qatlamini saqlashga qaratilgan global tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida beriladi.

Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li va Qamchiq tunnelining ochilishi xalqimiz hayotida unutilmas tarixiy voqea bo‘ldi. Bu yo‘l O‘zbekiston aslida qanday buyuk davlat ekani, xalqi qanday qudratga, salohiyatga ega ekanini yana bir bor jahon hamjamiyatiga namoyon etdi. Osiyo va Yevropani bog‘lovchi ko‘prik, ikki mintaqa o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi ushbu noyob obyektni asr qurilishlaridan biri desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

2015
Keksalarni e'zozlash yili

AQShda faoliyat ko‘rsatayotgan, katta obro‘ga ega bo‘lgan, Gellap instituti deb nom olgan ijtimoiy fikrni o‘rganish markazi tomonidan «Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi» degan mavzuda 2015-yilda o‘tkazilgan va e’lon qilingan tadqiqot materiallari bilan tanishish asnosida ushbu nufuzli tashkilot shu yo‘nalish bo‘yicha o‘z xulosasini chiqarish uchun jahon miqyosida 141 ta mamlakatda so‘rov o‘tkazib, katta yoshdagi 142 ming shaxsning fikrini o‘rgangan ma'lum bo'ladi. So‘rovnomada 3 ta savol o‘rtaga qo‘yilgan. Birinchi savol «Siz o‘zingiz yashayotgan shahar yoki tumandagi mahalliy politsiyaga ishonasizmi?» degan mazmunda berilgan. Ikkinchi savol: «Siz o‘zingiz yashayotgan shahar yoki tumanda kechasi xavf-xatardan qo‘rqmasdan yolg‘iz yura olasizmi?». Va uchinchidan, «Oxirgi o‘n ikki oyda siz va oila a’zolaringizning pul va mol-mulki o‘g‘irlangan holat sodir bo‘lganmi?» degan savol berilgan. Ayni mana shunday savollar orqali, avvalambor, so‘rov o‘tkazilgan mamlakatda yashayotgan har qaysi odamning kayfiyatiga, uning o‘zini erkin his etishiga qonunda belgilangan tartiblarga amal qilish qanday ta’sir ko‘rsatayotganini aniqlash ko‘zda tutilgan. Bizning mamlakatimiz, O‘zbekistonimiz, bu so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, dunyodagi 141 ta davlat orasida 2-o‘rinni egallaganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim. Bizning bunday o‘ta muhim masala, ya’ni yurtimizda tinch va osuda hayotni asrash va himoya qilish bo‘yicha mana shunday yuksak darajaga ko‘tarilganimiz, bu sohada olib borayotgan ishlarimiz xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgani, hech shubhasiz, barchamizga g‘urur va iftixor yetkazadi.

2015 yil 29 mart kuni yurtimizda ulkan siyosiy voqea – O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo’lib o’tdi. Har tomonlama yuqori saviyada, muqobillik asosida o’tgan bu saylov mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo’lida muhim, hal qiluvchi bosqich bo’lib, xalqimizning o’z kuchi va salohiyatiga bo’lgan ishonchi naqadar