O‘zbekiston “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” reytingida 44-o‘rinni egalladi
2015-01-02
AQShning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tadqiqotlariga ko‘ra O‘zbekiston “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” reytingida 158 mamlakat orasida 44-o‘rinni, MDH davlatlari
o‘rtasida esa 1- o‘rinni egalladi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQShning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomonidan “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” degan mavzuda tadqiqot o‘tkazildi va uning natijalari matbuotda e’lon qilindi.
Ana shu tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistonimiz mazkur reytingda 158 mamlakat orasida 44-o‘rinni, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari o‘rtasida esa birinchi o‘rinni egallagan.
Bu avvalambor mustaqillik davrida biz erishgan ulkan marralarni, iqtisodiyotimiz barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgani, odamlarimizning hayot darajasi va sifati oshib borayotgani va bu yutuqlarni dunyo hamjamiyati yana bir bor tan olayotganini ko‘rsatadi.
Eng muhimi, bularning barchasi ko‘pni ko‘rgan, ertangi kunga katta ishonch bilan yashayotgan, irodasi baquvvat, iymoni butun xalqimizning mehnati, mardligi va matonatining natijasidir.