Tosh ko‘tarish bo‘yicha jahon chempioni, andijonlik Muhtarama Alieva 2012 yil Germaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 16 kilogrammli toshni «uzoq vaqt» yo‘nalishida ko‘tarish bo‘yicha birinchi o‘rinni olgan va ilk bor jahon rekordini o‘rnatgan. 2013 yil poytaxtimizda «uzoq vaqt» yo‘nalishi bo‘yicha 16 kg. toshni 75 marotaba ko‘tarib, ikkinchi bor jahon rekordini o‘rnatgan. Gretsiyaning Afina shahrida "rebok" yo‘nalishida 16 kg. toshni 60 marotaba ko‘tarib, yana bir bor zafar quchgan va Ginnes musobaqalariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
2013 yilda Rossiyaning Arxangelsk shahrida o‘tkazilgan Ginnes musobaqalarida ishtirok etib, super sprint yo‘nalishida ikkita 6 kilogrammli, jami 12 kilogramm toshni bir daqiqa ichida 118 marotaba ko‘tarib rekord natijani qayd etgan.