"O‘ZBEKISTON XALQARO ANJUMANLAR SAROYI“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi 2009 yil 28 avgust kuni Toshkent shahri markazida qad rostladi. |
IMOM AL-BXURORIY YODGORLIK MAJMUIO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi "Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. |
EZGULIK ARKASIEzgulik arkasi 2005-yil 1-sentabrda qurib bitkazilgan, uzunligi 150 metr, ikki tomoni o'n, o'rta peshtoqi o'n ikki metr balandlikka ega, qator ketgan o'n oltita oq marmar ustunlardan iborat bo'lib, Mustaqillik maydonida joylashgan "Mustaqillik va ezgulik monumenti" majmuasining bir qismi hisoblanadi. |
SHAHIDLAR XOTIRASI YODGORLIK MAJMUI2000-yil 12-may kuni Toshkentning Yunusobod tumanida barpo etilgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuining tantanali suratda ochilishi mamlakat va xalqning ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotida ulkan voqea bo’ldi, qisqa muddatda mazkur majmua tabarruk ziyoratgohlardan, yosh avlodlarni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan maskanlardan biriga aylandi. |
TOSHKENT METROPOLITENI "YUNUSOBOD" YO'NALISHI2001-yilning 28-avgustida Yunusobod yoʻnalishi foydalanishga topshirildi. Ushbu yo'nalish Toshkent metropolitenining uchinchi yoʻnalishi hisoblanib, uning uzunligi 6,4 km va 6 bekat iborat. |
FARG'ONA VILOYAT TEATR-KONSERT SAROYIMamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligi arafasida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Farg‘ona viloyat markazida Teatr-konsert saroyi bunyod etildi. U 2014-yilning 6-dekabr kuni tantanali ravishda ochildi. |
"BUXORO MADANIY MARKAZI" MAJMUASI2010-yil 30-avgustda Prezident Islom Karimov g‘oyasi, tashabbusi va rahnamoligida barpo etilgan “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti, viloyat musiqali drama teatrining muhtasham binosi hamda amfiteatrni o‘z ichiga olgan “Buxoro madaniy markazi” majmuasi ochildi. |
"POYTAXT" BIZNES MARKAZI“Poytaxt” biznes markazi 2010-yilda ochilgan bo‘lib, Mustaqillik maydoniga yaqin hududda joylashgan. Biznes markazida ijaraga beriluvchi ofislar, “Mustaqillik” mehmonxonasi, Kizilkum Gold restorani, bar, fitnes-markaz hamda anjumanlar zali joylashgan. |
"BUNYODKOR" SPORT MAJMUASI2012-yil 28-sentabr kuni Toshkentda “Bunyodkor” sport kompleksining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shaxsan kuni o‘zbek futbolining 100 yilligi nishonlandi. |
MINOR MASJIDI“Minor” jome’ masjidi 2013-yilda qabul qilingan “Toshkent shahrining Minor mahallasi hududida masjid barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga binoan barpo etilgan. |