Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida bokschimiz Fazliddin G‘oibnazarov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Tajribali bokschimiz XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha vazni 64 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi hal qiluvchi bahsda ozarbayjonlik Lorenzo Kollazo Sotamayorni mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
G‘olib sportchimiz sharafiga Vatanimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangradi.