XXVI Atlanta Olimpiadasi kumush medali sohibi (1996), Osiyo chempioni. Butun jahon talabalar Universiadasining kumush medali sovrindori. "Mehnat Shuhrati" ordeni va "Uzbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
Armen sport zaliga dastlab qadam qo‘yganida 12 yoshda edi. O‘sha kundan boshlab unga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi V.Pyatayev dzyudo sirlarini o‘rgatgan.
1992 yili Armen birinchi yirik g‘alabaga erishdi — Isroilda o‘tgan Yevropa chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 1995 yili Jahon chempionatida qatnashib, beshinchi o‘rinni egalladi.
1996 yili Vyetnamda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida u yanada salmoqli yutuqqa erishdi. Atlanta Olimpiadasida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz vakillari qo‘lga kiritgan dastlabki yutuq sifatida ham qadrlidir.
1998 yili u Bangkokda o‘tkazilgan XIII Osiyo o‘yinlarida kumush, 1999 yili Osiyo chempionatida (Xitoy) oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Uzbek kurashi bo‘yicha Birinchi Jahon chempionatida sharafli ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonimiz shuhratini dunyoga yoyish borasida Armen Bagdasarov qilgan xizmatlar hukumatimiz tomonidan munosib takdirlangan.
Armen Bagdasarov 2001 yildan dzyudo bo‘yicha Uzbekistan terma jamoasining bosh murabbiysi.