Professional boksda engil vazn toifasining barcha asosiy versiyalari bo‘yicha bir necha karra jahon chempioni, SSSR da xizmat ko‘rsatgan sport masteri, 1991 yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 1990 yilgi Yaxshi Niyat O‘yinlari g‘olibi taniqli bokschi Artur Grigoryan bilan faxrlanmaydigan biror bir o‘zbekistonlik topilmasa kerak.
"Qirol Artur" laqabini olgan o‘zbekistonlik boks yulduzi havaskor boksda 400 ga yaqin uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsa, ularning deyarli barchasida g‘olib chiqqan.
1994 yilda havaskor boksdagi faoliyati ibtido topishi ortidan Artur Klaus-Peter Kol boshchiligidagi Olmoniyaning Universum Box Promotion jamoasiga o‘tadi.
Artur orada kechgan 8 yil davomida 19 marta chempionlik sharafini himoya qilish uchun ringga tushadi va deyarli har gal g‘oliblik nash’asini tatiydi.