2007 yil 24 avgust kuni “Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on” yangi temir yo‘li ishga tushirildi
2007-08-24
“Toshguzar Boysun Qumqo‘rg‘on” temir yo‘li, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
“Toshguzar Boysun Qumqo‘rg‘on” temir yo‘li, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Toshguzar va Qumqo‘rg‘onni bog‘lagan, uzunligi 223 kilometr bo‘lgan temir yo‘l liniyasi bir kechakunduzda 14 juft poezdni o‘tkazish imkoniyatiga ega. Ushbu magistralning uzluksiz faoliyati tufayli yirik industrial loyihalarning amalga oshirilayotgani, ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanayotgani bugun mamlakatimiz hukumatining uni bunyod etish borasidagi qarori nechog‘li chuqur o‘ylangani va uzoqni ko‘zlaganligidan dalolat beradi. Biz uchun nafaqat strategik muhim transport yo‘lagi, balki mamlakatimiz janubiy mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini barqaror iqtisodiy rivojlantirish, ularda hayotiy ahamiyatga ega ijtimoiy muammolarni hal etish, aholi bandligi va farovonligi darajasini yuksaltirishda katta omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu obektning barpo etilishiga 447,4 milliard so‘m kapital qo‘yilmalar, jumladan, Yaponiya Xalqaro hamkorlik bankining 151,5 million AQSh dollari hajmidagi kredit mabag‘lari yo‘naltirildi. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti uchun strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu temir yo‘l qurilishining tarixga aylangan bosqichlarini eslab o‘tish joizdir. Yangi temir yo‘l liniyasida qurilish ishlari uch bosqichda amalga oshirildi. Loyiha tegishli tartibda muvofiqlashtirilgach, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aktsiyadorlik temiryo‘l kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobidan 1998 yilda “ToshguzarDehqonobod”, 1999 yilda esa “BoysunQumqo‘rg‘on” qismlarida qurilish ishlari boshlandi. Yangi liniyaning eng murakkab bo‘lgan uchinchi qismida qurilish ishlarini boshlash maqsadida Yaponiya bilan hukumatlararo bitim imzolandi. Ushbu hujjatga binoan, 2001 yil 16 iyulda Yaponiyaning Tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) loyihaning texnikiqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grant ajratdi. Bosqichmabosqich tuproq ishlari amalga oshirildi, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, zarur infratuzilma va vokzallar qurila boshlandi…
Murakkab tog‘ sharoitida barpo etilayotgan yangi temir yo‘l liniyasining dengiz sathidan 1800 metrdan ortiq balandlikda, cho‘qqi darajasidagi tog‘ tizmasini kesib o‘tishida eng ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy uskunalar ishga solindi. Yangi temir yo‘lni bunyod etish davomida jami 37 ko‘prik, galereya va tunnel barpo etildi, 5 vokzal (“Toshguzar”, “Dehqonobod”, “Oqrabot”, “Darband” va “Boysun”), 15 ajratma shoxobcha, shu jumladan, 7 stansiya va 8 razezd qad rostladi. Liniyaning 81kilometridagi uzunligi 234,2 metrni tashkil etgan va Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ko‘prik qurildi. Uni trassaning 350 metr radiusli yoysimon qismida balandligi 43 metrni tashkil etuvchi tayanch ustunlari ko‘tarib turadi. Yangi liniya bo‘ylab temir yo‘l transporti xodimlari yashashi uchun umumiy maydoni 5603 kvadrat metr bo‘lgan o‘ttiz beshta ikki qavatli kottej qurildi. “Darband” stansiyasida 216 o‘quvchiga mo‘ljallangan umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Dehqonobod” stantsiyasida sport majmuasi barpo etildi.