O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo’lib o’tgan saylovda Islom Abdug’aniyevich Karimov g’alaba qozondi

2015-11-02

2015 yil 29 mart kuni yurtimizda ulkan siyosiy voqea – O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo’lib o’tdi.

2015 yil 29 mart kuni yurtimizda ulkan siyosiy voqea – O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo’lib o’tdi. Har tomonlama yuqori saviyada, muqobillik asosida o’tgan bu saylov mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo’lida muhim, hal qiluvchi bosqich bo’lib, xalqimizning o’z kuchi va salohiyatiga bo’lgan ishonchi naqadar mustahkam ekani, uning siyosiy-huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi, Vatanimiz taqdiri uchun daxldorlik hissi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Konstitutsiyamiz, milliy va xalqaro huquq normalari, demokratik tamoyillar asosida o’tkazilgan ushbu saylovda saylovchilarning 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Islom Abdug’aniyevich Karimovga ovoz berdi. Bunday yorqin g’alaba, hech shubhasiz, Islom Karimovning davlat rahbari sifatida O’zbekiston mustaqilligini ta’minlash, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi strategik maqsad va vazifalarni hal etish yo’lidagi beqiyos xizmatlari, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning xalqimiz tomonidan yuksak e’tirof etilgani va yakdillik bilan qo’llab-quvvatlanganidan dalolat beradi.

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба