Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida Qo‘ng‘irot soda zavodi ishga tushirild
2006-08-10
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yiliga 100 ming tonna kaltsiy bilan boyitilgan soda ishlab chiqarish loyiha quvvatiga ega bo‘lgan Qo‘ng‘irot soda zavodi ishga tushirildi. Xitoyning «Sitic Pacific Ltd.» kompaniyasi «Uzximprom» DAK bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha zavodning texnologik qismini «to‘lig‘icha» loyihalash va qurish ishlarini amalga oshirdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yiliga 100 ming tonna kaltsiy bilan boyitilgan soda ishlab chiqarish loyiha quvvatiga ega bo‘lgan Qo‘ng‘irot soda zavodi Zamonaviy sanoat kompleksi 2006-yilda ekspluatatsiyaga topshirildi. Xitoyning «Sitic Pacific Ltd.» kompaniyasi «Uzximprom» DAK bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha zavodning texnologik qismini «to‘lig‘icha» loyihalash va qurish ishlarini amalga oshirdi. Zavodning ishga tushirilishi kaltsiy bilan boyitilgan sodaga ichki talabni to‘lig‘icha qondirish muammosini hal qilish bilan birga, uni ekcportini sezilarli darajada oshirish imkonini ham beradi.. Shu yili 12810 tonna kalsiylangan soda ishlab chiqarildi. 2010-yilda 90 ming tonnadan ortiq soda ishlab chiqarildi. O'tgan yil esa korxona deyarli to'la quvvatda ishlay boshladi: korxonaning loyihaviy to'la quvvati yiliga 100 ming tonna kalsilangan soda ishlab chiqarish bo'lsa, o'tgan yili 97800 (99,2%) tonna soda ishlab chiqarildi.