“Oltin qalam” tanlovi ilk bor o‘tkazildi
2006-05-03
2006 yilda “Oltin qalam” tanlovi ilk bor o‘tkazildi hamda televidenie, radio va matbuot yo‘nalishlarida “Eng yaxshi jurnalistik material” nominatsiyalari bo‘yicha uchta asosiy, 10 ta rag‘batlantiruvchi mukofot joriy etildi. Tanlovda respublikamizning turli hududlaridan 136 nafar jurnalist 1669 ta ijodiy ish bilan ishtirok etdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, asosiy nominatsiyalar bo‘yicha eng iqtidorli va faol jurnalistlar aniqlandi. Shuningdek, rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlar topshirildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlab ta’sis etilgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun tanlov jurnalistikaning eng ilg‘or yutuqlarini keng ommalashtirish, ommaviy axborot vositalari xodimlari fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishi, jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni, o‘z faoliyatiga yangicha yondashuvlarni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratadi.