“JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi tashkil etildi

2009-08-13

O‘zbekistonning sanoat salohiyatini oshirish maqsadida 2009-yil avgust oyida tashkil etilgan “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va dunyoga mashhur “MAN Truck & Bus AG” kompaniyasi hamkorligi mahsulidir.

Mazkur qo‘shma korxona faoliyati Samarqand avtomobil zavodi hududida MAN avtomobillarini ishlab chiqarish bilan boshladi.

2011-yildan “MAN avtotransport vositalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish kompleksi” loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Loyiha bir necha bosqichda amalga oshirilmoqda. Uning birinchi bosqichida “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish kompleksi qurib bitkazildi. Qisqa fursatda amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari samarasida joriy yil boshida korxonaning zamonaviy dilerlik va servis markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu markaz so‘nggi texnik va texnologik talablar darajasida jihozlangan bo‘lib, diagnostika, yuk avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularning uzellari, mexanik va elektrotexnik qismlari hamda shinalarini ta’mirlash uchastkalariga ega. Majmua maydoni va texnik jihozlanish darajasi yiliga 1500 tadan 4000 tagacha yirik yuk avtomashinalari va maxsus transport vositalariga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. “MAN Truck & Bus AG” kompaniyasining xorijiy davlatlardagi yetakchi servis markazlarida amaliyot o‘tagan va malaka oshirgan mutaxassislar turli ta’mirlash ishlarini yuqori sifatda bajarmoqdalar.

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба