“Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi
2000-10-28
28-29 oktyabr kunlari Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezideniti, Orolni qutqarish xalqaro fondi raisi I. Karimovning tashabbusi bilan “Orol dengizi basseyni hududida ekologik holatni yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi
Anjumanni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad jahon hamjamiyati sa’y¬harakatlarini Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy¬iqtisodiy ahvolni yaxshilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga jalb etish, ushbu ekologik ofatning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat. Unda BMT, ShHT, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz, Erosti suv resurslarini baholash xalqaro markazi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, OPEK kabi 24 nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari vakillari, Avstriya, Vengriya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, Latviya, Malayziya, AQSh, Frantsiya, Shveytsariya, Janubiy Koreya, Yaponiya singari 26 davlatdan ekologiya, iqlim o‘zgarishi va suv resurslarini boshqarish sohasi olim va ekspertlari ishtirok etdi.
Konferentsiya doirasida Orolni qutqarish xalqaro fondi Ijroya komiteti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, tegishli vazirlik va idoralar xalqaro tashkilotlar va donorlar bilan aniq loyihalarni amalga oshirish va hamkorlik qilish bo‘yicha bir qator hujjatlarni imzoladilar.
Konferentsiya yakuni bo‘yicha jami 1,9 milrd. dollar miqdorida uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratilishiga kelishib olindi, shuningdek xalqaro konferentsiyaning yakuniy hujjati qabul qilindi.
Ishtirokchilar Urganch shahrida ushbu konferentsiya yuksak saviyada tashkil etilganini yuqori baholadi va tadbir Orol dengizi qurishining oqibatlariga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilishga ishonch bildirdi.