O’zbekiston 2013 yilda biznes uchun dunyodagi eng istiqbolli 20 davlat qatoriga qo’shildi

2013-08-29

Bu xabarni xorijiy ommaviy axborot vositalari Buyuk Britaniyaning tavakkalchiliklarni tahlil qilish bilan shug’ullanadigan Maplecroft konsalting kompaniyasi xulosasiga asoslangan holda e’lon qildi.

Buyuk Britaniyaning Maplecroft konsalting kompaniyasi 2012 yil 5 dekabrda uzoq muddatli investitsiyalar jalb qilish uchun dunyodagi qulay mamlakatlarning navbatdagi reytingi haqidagi ma’ruzani nashr etdi. O’zbekiston ushbu reytingda dastlabki yigirmata davlat qatoriga kiritilgan. Ro’yxatda Xitoy, Hindiston, Braziliya, Janubiy Koreya va Malayziya yetakchilik qilmoqda.

Maplecroft kompaniyasi tomonidan hisoblab chiqiladigan “Rivojlanib borayotgan bozorlar indeksi” biznes yuritish uchun istiqbolli bo’lgan 175 davlatni o’z ichiga olgan. Indeksda o’tgan yillardagi iqtisodiy ko’rsatkichlar, mamlakatning investitsiya sarflash uchun jozibadorligi, eng so’nggi tarkibiy islohotlar va demografik ahvol, shu jumladan o’rta sinf soni bo’yicha prognozlar e’tiborga olingan.

So’nggi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuqori baholanmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining muvaffaqiyatlari yurtimizdagi siyosiy barqarorlik va islohotlarning izchil amalga oshirilishiga asoslangani yetakchi xalqaro ekspertlar tomonidan bir necha bor ta’kidlandi.

Mamlakatimiz jahon iqtisodiyotida hamon davom etayotgan inqirozning salbiy oqibatlariga nafaqat ishonchli tarzda bardosh bermoqda, balki makroiqtisodiy muvozanatni, yuqori iqtisodiy va ijtimoiy o’sish sur’atlarini saqlashga erishmoqda.

Ayniqsa, investitsiya sohasida ro’y berayotgan tarkibiy o’zgarishlar e’tiborga molik. Istiqlol yillarida mamlakatda samarali qonunchilik bazasi, xorijiy sarmoyadorlar uchun keng ko’lamli huquqiy kafolatlar va imtiyozlar majmui yaratildi, xorij kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag’batlantirish bo’yicha yaxlit chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi.

O’zbekistonning xorijlik sheriklar bilan o’zaro manfaatli hamkorligi mamlakatda chet ellik sarmoyadorlarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun barcha shart-sharoit yaratilganidan yorqin dalolat beradi. Bularning barchasi O’zbekistonga investitsiya muhiti eng jozibador yetakchi davlatlar qatoridan munosib joy egallash imkonini berdi. Buni Maplecroft kompaniyasi ekspertlari yana bir bor tasdiqladi.

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба