O’zbekiston Respublikasining qurolli kuchlari tashkil etildi
1992-01-14
14-yanvar O’zbekiston Respublikasining o’z qurolli kuchlari tashkil etildi. Harbiy qo’shilmalar, birlashmalar, harbiy o’quv yurtlari, muassasalar, tashkilotlar, respublika hududida joylashgan boshqa harbiy qismlar O’zbekiston Respublikasi nazoratiga olindi. Shu kundan e'tiboran 14-yanvar Vatan himoyachilar kuni sifatida O'zbekiston Respublikasi hududida nishonlanadigan bo'ldi.