Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi bunyod etildi
1998-08-10
Imom Buxoriy tavalludining Xijriy-qamariy Xisobda 1225 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishiga muvofiq qisqa fursatda muxtasham yodgorlik majmua bunyod etildi.
Samarqand viloyati Xartang qishloGidagi Imom Buxoriy ziyoratgoXiga 1970-yillar boshida O‘rta Osiyo va QozoGiston musulmonlari idorasi tomonidan qabr toshi qo‘yilgan bo‘lib, 1970-yillar o‘rtalarida qabr ustiga gumbazli ayvon qurilgan. 1998 yilda Imom Buxoriy tavalludining Xijriy-qamariy Xisobda 1225 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishiga muvofiq qisqa fursatda muXtasham yodgorlik majmua bunyod etildi. "Xadis ilmida Amirul al-mo‘miniyn" degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan alloma Xijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni (milodiy 810 yil 20 iyul) Buxoro shaXrida tavallud topgan. 10 yoshidan boshlab Movarounnaxrdagi turli roviylardan eshitgan Xadislarni yodlay boshlagan. 825 yili Imom Buxoriy volidai muXtaramasi va akasi AXmad bilan Makkai Mukarramaga safar qilib, u erda 6 yil yashagan.
Xayotining ko‘p qismini xorijiy mamlakatlarda musofirlikda o‘tkazib, ko‘plab olimlardan ta’lim olgan. Xorijdan qaytgach ko‘plab shogirdlarga Xadis ilmidan saboq bergan. 600 mingdan Xadisni yoddan bilgan Imom Buxoriy, ushbu Xadislar ichidan eng mukammal va ishonchlilarini tanlab, o‘zining mashXur “Al-Jome’ as-saXiX” asarini yaratadi. Ushbu Xadislar to‘planmasini yaratishda olim 16 yil umrini sarflaydi, bu kitobda 7275 ta Xadis keltirilgan. Imom Buxoriyning ushbu asari islom dunyosida “Qur’oni Karim”dan keyingi muXim manba Xisoblanadi.. Imom Buxoriy avlodlarga 20 dan ortiq meros qioldirgan. Imom Buxoriy milodiy 870 yili Samarqanddagi Xartang qishloGida vafot etadi va shu erda dafn qilinadi.