2011 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari

2011-12-31

Yil davomida mamlakat iqtisodiyotida erishilgan yutuqlar Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Osiy taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari tomonidan yuqori baholandi.

YIMning o‘sish darajasi 8,3%ni tashkil etgan bo‘lsa, umuman 2000-2011 yillar davomida bu ko‘rsatkich 2,1 marta o‘sdi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston jahondagi iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotgan davlatlar qatoridan o‘rin oldi.

Umumiy sanoat o‘sishining 70% ga yaqini yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga to‘g‘ri keldi.

2011 yil yuqori temp bilan mashinasozlik va avtomiobilsozlik (12,2%), Kimyo va neft kimyosi (9,4%), oziq-ovqat sanoati (13,1%), qurilish materiallari sanoati (11,9%), farmotsevtika va mebelь (18%)ga o‘sdi.

2011 yil eksport mahsulotlari hajmi 2010 yilga nisbatan 15,45 ga o‘sdi va 15 milliard AQSh dollaridan oshiq summani tashkil etdi yoki 2000 yilga nisbatan 4,6 martaga oshganini ko‘rsatdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi 4,5 milliard dollarni tashkil etdi.

800 ming tonna bug‘doy, 3,5 million tonna paxta, 8,2 million tonnadan ortiq sabzavot va poliz mahsulotlari, 3 million tonnaga yaqin bog‘dorchilik mahsulotlari, 6,6 million tonna sut, 1,5 million tonna go‘sht, 3,5 milliard dona tuxum etishtirildi.

2011 yil barcha moliyaviy mablag‘lardan 10,8 milliarddan ortiq AQSh dollari miqdorida kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi. Bu ko‘rsatkich 2010 yilga nisbatan 11,2% ga ko‘p. Investitsiyalar ulushi YaIMning 23,9%ni tashkil etishi mamlakatning investitsion aktivligini ko‘rsatadi.

2011 yil davomida namunaviy loyihalar bo‘yicha 1,1 million kvadrat metr maydonda jami 7400ta zamonaviy uy-joylar qurildi. Bu qurilishga 576 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanib, uning 63%i markazlashgan manbaa va “Qishloq qurilish bank”ning shaxsiy mablag‘laridan iborat

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба