O‘zbekiston Respublikasining «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonuni kuchga kirdi
2008-04-18
O‘zbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurash inson, jamiyat, davlat himoyasi, odam savdosi faoliyatining oldini olish, aniqlash, unga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadlarida 2008 yilning 17 aprelida O‘zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi
Ma’lumki, keyingi yillarda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘lami dunyo miqiyosida ortib bormoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, odam savdosi bu -kuch bilan, taxdid qilish yoki aldash yoxud boshqa majburlash shakllari asosida insonni sotish, uning mehnatidan majburiy foydalanish tushuniladi. Shu bois, odam savdosiga qarshi kurash masalasiga jahon jamoatchiligi tomonidan jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ushbu jinoyatga karshi zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda.O‘zbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurash inson, jamiyat, davlat himoyasi, odam savdosi faoliyatining oldini olish, aniqlash, unga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadlarida 2008 yilning 17 aprelida O‘zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, mazkur hujjat bu borada olib boriladigan barcha ishlarni tashkil etish, odam savdosidan jabr ko‘rgan fuqarolarning xuquq va erkinliklarini himoya qilishga oid qoidalarini o‘z ichiga oladi.