O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008- yil 1 yanvardan “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi
2005-08-01
Ma’lumki, 2005 yil 1 avgustda Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga binoan, O‘zbekistonda 2008 yilning yanvaridan boshlab o‘lim jazosi bekor qilindi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi. Ushbu Farmon qabul qilingan kundan boshlab o‘lim jazosiga mahkum etilgan shaxslarning birontasiga nisbatan jazo ijro etilmadi. Huquq tili bilan aytganda, o‘lim jazosi to‘g‘risidagi sud hukmi ijro etilishiga de-fakto moratoriy e’lon qilindi.