2004—2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi tasdiqlandi

2004-09-01

O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bo‘g‘ini, jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, respublikani jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta’lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Belgilangan maqsadga erishish uchun Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar ta’limi tizimi bilan to‘la qamrab olishni ta’minlashga, o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta’lim bilan bir qatorda aniq bir kasbni egallab olishlariga qaratilgan. Dasturga muvofiq printsipial yangi tipdagi o‘rta hunar o‘quv muassasalari tarmog‘i shakllandi. Zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 533 ta kasb-hunar kolleji va 54 ta akademik litsey barpo etildi. Kollejlar va litseylarni qurish hamda jihozlash bo‘yicha mamlakatimiz industriyasi yaratildi. Yangi ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.

Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta’lim majmui hisoblanadi. Bunda ta’lim tizimining har bir bo‘g‘ini alohida o‘rin va mas’uliyatga egadir. Dasturni to‘liq amalga oshirish, qo‘yilgan vazifalarga erishish ana shu bo‘g‘inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning o‘zaro uyg‘unligiga bog‘liqdir.

Ushbu dastur Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta’limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uzluksiz ta’limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog‘liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul qilindi.

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба