Mamlakatni 2012 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari
2012-12-31
2012 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish natijasida iqtisodiy rivojlanishning barqaror yuqori sur’atlari, makroiqtisodiy mutanosiblik, aholi hayot darajasining barqaror o‘sishi va mamlakatning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlash ta’minlandi.
Global iqtisodiyotda jiddiy muammolar saqlanib qolayotganligiga qaramay, 2012 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish natijasida iqtisodiy rivojlanishning barqaror yuqori sur’atlari, makroiqtisodiy mutanosiblik, aholi hayot darajasining barqaror o‘sishi va mamlakatning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlash ta’minlandi.
Yalpi ichki mahsulot 8,2 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 7,7 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi – 7 foizga, pudrat qurilish ishlari hajmi – 11,5 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi – 13,9 foizga o‘sdi. Inflyatsiya sur’atlari rejalashtirilgan darajada saqlandi va 7 foizdan oshmadi.
Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga barcha xarajatlarning 59,2 foizi yo‘naltirildi. Byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar bir yilda o‘rtacha 26,5 foizga, aholining real daromadlari esa – 17,5 foizga o‘sdi.
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etgan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining oshib borishi iqtisodiyot o‘sishi barqaror yuqori sur’atlarining va uning tuzilmalarini diversifikatsiyalashning asosiy manbai bo‘ldi. 11,7 milliard dollarga teng miqdorda yoki 2011 yildagiga qaraganda 14 foiz ko‘p investitsiyalar jalb etildi. Barcha investitsiyalarning 22 foizdan ortig‘ini yoki 2,5 milliard dollardan ortiqni xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ulardan 79 foizdan ortig‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. Barcha investitsiyalarning 74 foizga yaqini ishlab chiqarish qurilishiga yo‘naltirildi. 205 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish tugallandi.
Eksport hajmi 11,6 foizga o‘sdi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi 1,12 milliard dollardan ortiq miqdorda ta’minlandi. Eksport tarkibida xom ashyo bo‘lmagan tayyor tovarlar eksporti 70 foizdan ortiqni tashkil etdi.
Moliya-bank tizimi barqaror ishlab, 2012 yilda uning jami kapitali 24,2 foizga, depozitlar hajmi – 31,5 foizga, shu jumladan aholi depozitlari – 34,6 foizga ko‘paydi. Banklarning investitsiya maqsadlari uchun ajratilgan uzoq muddatli kreditlari hajmi 30,7 foizga ko‘paydi.