“Xorazm Shakar” AJ QK ishga tushirildi
1998-08-04
Shakar zavodi (“Xorazm Shakar” AJ QK) 1998 yilda Xorazm viloyatining Hozarasp tumanida qurilgan va ishga tushirilgan
Zavodning dastlabki loyihaviy quvvati yiliga 43,2 ming tonna yoki sutkasiga 360 tonna qand lavlagi shakari ishlab chiqarishni tashkil etar edi. 2001 yilda o‘zimizda shakar ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga binoan shakarqamish xom ashyosidan shakar ishlab chiqarishga qaror qilindi. Ushbu maqsadlarda bu zavodga chet el investitsiyalari jalb qilindi, ular korxonaning yil davomida uzluksiz faoliyat ko‘rsatish imkonini berdi. Qayta jihozlashning birinchi bosqichida shakar zavodining quvvati olti oy davomida sutkasiga 700 tonnagacha etkazildi.
Mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida, 2007 yilda shakar solinadigan polipropilen qoplari ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. Keyingi qayta jihozlash va texnik qayta qurollantirish korxonaning shakar ishlab chiqarish quvvatini 2014 yilga kelib 390 ming tonnaga etkazish imkonini berdi. 2013 yilda shakar ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi 356,5 ming tonnani tashkil etdi. (o‘sish sur’ati 110,3%). 2014 yil I yarim yilida 179,4 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan, 2013 yil shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,5% tashkil qildi. Zavod joylashgan qishloq hududida 1400 dan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.