Iroda To‘laganova

Iroda To‘laganova - 1982 yilning 7 yanvarida Toshkentda tug‘ilgan. Tennis bo‘yicha qizlar o‘rtasida "Uimbldon" turniri va AQSh ochiq chempionati g‘olibi, Osiyo chempioni. Butunjahon o‘smirlar o‘yinlarining bronza medali sovrindori. "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi". "Shuxrat" medali soxibi.

Tarjimai hol
Iroda sakkiz yoshidan buen "Paxtakor" tennis kortida ustozi Vladimir Kaplandan sabok, oladi. Shuningdek, chet ellardagi mashxur tennis akademiyalarida o‘z mahoratini oshirgan.
1998 yili u juftlik musobaqalarida yorqin g‘alabalar qozondi: avval Londonda "Ulkantoj" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirining qizlar musobaqasida g‘olib chikdi, keyin Moskvada Butunjahon o‘smirlar o‘yinlarida bronza medali bilan takdirlandi.
1999 yil ham Irodaning hayotida unutilmas iz qoldirdi. Dastavval u Yaponiyada qizlar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘ldi, kattalar o‘rtasida esa ikkita xalqaro turnirda g‘olib chikdi. "Uimbldon" turnirining juftlik musobaqasida finalgacha etib bordi, qizlarning yakkalik musobaqasida esa bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Shu munosabat bilan Prezidentimiz Islom Karimov uni kutlab, yangi zafarlar sari ruxlantirdi. Iroda To‘laganova navbatdagi "Ulkan toj" turkumiga kiruvchi AQSh ochiq chempionatida yana muvaffaqiyatga erishdi. Shuningdek, mamlakatimiz terma jamoasining federatsiya kubogidagi yutuklariga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Iqtidorli tennischimiz WTA turkumiga kiruvchi Toshkent ochiq birinchiligida ham sharafli galabani qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga qator xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Avstriya va Belьgiyada o‘tgan WTA turkumiga kiruvchi musobaqalarda g‘alaba qozondi. Natijada, 2001 yil 23 iyulь kuni e’lon qilingan jahon ayol tennischilar tasnifida 24-o‘rindan joy oldi.
Shubhasiz, Iroda To‘laganovani oldinda yorqin g‘alabalar kutmokda.

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба